16.12.2023 07:01

BMT: Isroil-Falastin urushining 3-oyida Misr, Livan va Iordaniya $10,3 mlrd yoʻqotadi

BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP) Isroilning Gʻazoga qilgan hujumlarining qoʻshni davlatlar iqtisodiyotiga taʻʻsiri baholanganini maʻʻlum qildi.

UNDP va BMTning Gʻarbiy Osiyo uchun Iqtisodiy va Ijtimoiy Komissiyasi (ESCWA) bayonotida Gʻazoga uyushtirilgan hujumlar natijasida qoʻshni oʻlkalar ham ijtimoiy-iqtisodiy tanazzulga yuz tutayotgani taʻʻkidlandi.

Bayonotda mintaqadagi mojarolar sababli Misr, Iordaniya va Livandagi insoniy taraqqiyot eng kamida 2-3 yilga ortga surilishi mumkinligi haqida ogohlantirilgan.

Shuningdek, Isroilning Gʻazoga uyushtirgan hujumlari uchinchi oy ham davom ettirilsa, Misr, Livan va Iordaniyada 230 ming kishining qashshoqlashishi va bu oʻlkalarning taxminan 10,3 mlrd dollarlik daromadini yoʻqotishi bildirildi.

Bayonotda Gʻazoda "zudlik bilan gumanitar sulh" oʻrnatilishi kerakligiga eʻʻtibor qaratilib, hujumlarning geografik koʻlami kengaysa, ularning taʻʻsiri ham karrasiga ortishi mumkinligi haqida ogohlantirildi.

Mavzuga aloqador