Misr funti 60 foizga qadrsizlandi
Dunyoning 18-eng yirik iqtisodiyotiga ega Misr funti 60 foizga qadrsizlandi, Markaziy bank asosiy stavkani 600 bazis punktiga yoki 27,25 foizgacha oshirdi. XJV mamlakatga 8 mlrd dollar favqulodda kredit ajratmoqchi. Misrdagi bu kabi muammolar dunyo va mintaqa uchun nimasi bilan xavfli? Dastlabki xulosalar va prognozlar qanday?
Misr
Markaziy banki asosiy stavkani birdaniga 600 bazis punktiga yoki 27,25 foizgacha
oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi, deya xabar bermoqda Sinʻxua.
Markaziy
bank dezinflyatsiya jarayonini tezlashtirish va bazaviy inflyatsiya darajasini pasaytirishni
taʻʻminlash maqsadida pul-kredit siyosatini qatʻʻiylashtirish jarayonini tezlashtirmoqchi.
Yaqinda
yillik inflyatsiya koʻrsatkichlari pasayganiga qaramasdan, mamlakatda 2024 yilning
toʻrtinchi choragida markaziy bank inflyatsiya darajasi 7 foiz (±2 foiz punkti)
koʻrsatkichidan oʻrtacha ancha yuqori boʻlishi kutilmoqda.
Black Sea
Strategy Institute instituti hisob-kitoblariga koʻra, foiz stavkasining
koʻtarilishi va XJV tomonidan 8 mlrd dollar miqdorida favqulodda kredit
ajratilishi kabi Misr funti qulashining oldini olishga qaratilgan shoshilinch choralar
Turkiyadagi singari iqtisodiyotga berilgan barcha kreditlarni oʻldiradi (yaʻʻni,
iqtisodiyotdagi hech bir sohaning foydasi ushbu stavkalardan oshmaydi) va 8 mlrd
dollar esa davlat amaldorlari ishtahasini qondirishda dengizdan tomchi boʻlib
qoladi.
Misrdagi bu kabi muammolar dunyo va mintaqa uchun nimasi bilan xavfli?
1. Misr arab dunyosidagi eng yirik davlatdir (100 milliondan
ortiq aholi, dunyodagi
barcha arablarning qariyb
uchdan bir qismi) va u erdagi global muammolar barcha arablarni qamrab
oladi.
2. Misr mintaqaviy xavfsizlik kafillaridan biridir. Misrning
Yaqin Sharqdagi barcha harbiy va siyosiy jarayonlar haqidagi fikri AQSh, Isroil,
Eron, Xitoy va Rossiya tomonidan inobatga olinadi va koʻplab avantyuralar aynan Misrning qarshiligi
tufayli u yoki bu ishtirokchi tomonidan amalga oshirilmadi.
3. Misr Shimoliy Afrikada ham ulkan taʻʻsirga ega boʻlib,
Sudan, Efiopiya, Liviya, Chad, Somali va qitʻʻaning boshqa mamlakatlaridagi
voqealarga bevosita aralashadi.
4. Ayni paytda Misr diktaturasi “Arab bahori”dan hech qanday
saboq olmagan va kun tartibidagi birorta ham dolzarb masalalarni hal etmagan –
barcha siyosiy jarayonlar shunchaki qonga botgan. Misr uchun arab bahori avval Mursiy prezidentligiga (“Ixvon al-Muslimiyn”dan), keyin esa Muborak
oʻrniga kelgan Sisiy diktaturasiga aylanib ketdi.
5. Bundan tashqari, Misrning iqtisodiy ahvoli avvalroq Suriya
va Falastindan kelgan millionlab qochqinlar, shuningdek, Suvaysh kanali orqali yuk
tashishdan tushgan daromadning keskin kamayishi (husiylar tufayli) tufayli jiddiy zarar
koʻrgan edi.
Afrika va Osiyoning mintaqaviy xavfsizligi uchun Misr amerikaparast va saudiyaparast boʻlsa-da, lekin baribir
qoʻllab-quvvatlovchi ustundir. Va endi bu «ustun», maʻʻlum boʻlishicha, iqtisodiy
jihatdan chirigan va yorilib ketgan.
Dastlabki xulosalar va prognozlar:
1. Funtning qadrsizlanishi byudjetni kamomadsiz qisqartirish
imkonini beradi, lekin ayni paytda misrliklarni ham xuddi shunday 60 foizga talaydi. Bu
jamiyatdagi keskinlikni keskin oshiradi.
2. Bunday sharoitda mahalliy “Misr bahori” yuzaga kelishi
mumkin. Natijada Misrni
barcha mintaqaviy siyosiy jarayonlardan muqarrar ravishda chetlashtiradi. Bu bilan
AQSh va Saudiya Arabistoni pozitsiyalarini zaiflashtiradi hamda bir tomondan Isroil,
boshqa tomondan eʻʻtibordan chetda qolganlar bloki (Xitoy-Rossiya-Eron)ning qoʻlini
boʻshatadi, bu esa mintaqadagi barcha mojarolarning kuchayishiga qoʻshimcha sabab
boʻladi.