05.03.2024 12:09

Suvaysh kanali boʻylab yuk tashish narxi toʻqqiz barobar qimmatlashdi

Qizil dengiz portlariga yoʻl olgan kemalarda bitta konteynerni tashish narxi toʻqqiz barobar oshdi. Bu haqda Suvaysh kanali maʻʻmuriyati rahbari Usama Rabia maʻʻlum qildi.

"Qizil dengiz portlariga ketayotgan kemalar uchun yuk narxi bir konteyner uchun 6800 dollargacha koʻtarildi, inqirozdan oldin ular 750 dollar edi", dedi Rabia.

U, shuningdek, bunker yoqilgʻisi va kema sugʻurtasi narxining oshishiga eʻʻtibor qaratdi. Biroq, uning soʻzlariga koʻra, mintaqadagi turli mojarolar tufayli soʻnggi paytlarda Suvaysh kanali orqali dengiz yuklarini tashish hajmi kamaygan, Umid burni orqali esa ortgan.

Yaman Qizil dengiz sohillarining katta qismini nazorat qiluvchi husiylarning harakatlari tufayli bir qator yuk tashish kompaniyalari Qizil dengiz orqali tashishni toʻxtatishga qaror qildi.

Husiylar avvalroq Isroil bilan bogʻliq har qanday kemaga hujum qilish niyatlari haqida ogohlantirib, boshqa davlatlarni oʻz ekipajlarini ulardan chaqirib olishga va dengizda ularga yaqinlashmaslikka chaqirgan.

Oʻtgan yili Misrning Suvaysh kanalini ishlatishdan olgan daromadi 10 milliard dollardan oshgan edi. Kanaldan tushadigan moliyaviy daromadlar Misr byudjetining asosiy daromad oʻchoqlaridan biri boʻlib, davlat gʻaznasini dollar bilan toʻldirishning muhim manbai hisoblanadi. Yuk oqimini taʻʻminlash va Suvaysh kanalining raqobatbardoshligini oshirish maqsadida Misr hukumati kanalni kengaytirish, u orqali oʻtadigan kemalar hajmini oshirish loyihasini koʻrib chiqmoqda, dedi Usama Rabia.

Mavzuga aloqador