18.04.2024 09:28

Google ishchilari Isroil bilan hamkorlikka qarshi namoyishga chiqdi

Google xodimlari Nʻyu-York va Kaliforniyaning Sunniveyl shaharlarida Isroil bilan hamkorlikni toʻxtatishni talab qilib namoyishga chiqdi. Oʻn soatlik namoyishlar ortidan bir qancha faollar politsiya tomonidan hibsga olindi.

Google xodimlari Nʻyu-York va Kaliforniyaning Sunniveyl shaharlarida axborot texnologiyalari giganti Isroil bilan faol hamkorlik qilayotganiga qarshi noroziliklarini bildirish uchun namoyish uyushtirdi, deb xabar bermoqda Anadolu.

Google va Amazon kompaniyalarini Tel-Aviv bilan tuzilgan barcha shartnomalarni buzishga chaqirgan namoyishchilar qoʻllariga "Texnik aparteidga oʻrin yoʻq" kabi shiorlarni koʻtarib olishdi.

Kompaniyaning oʻz ofislari joylashgan Sunnyvale shahrida xodimlar Google Isroil bilan 1,2 milliard dollarlik “Nimbus” shartnomasini tugatmaguncha ishga chiqmaslikka qaror qilishdi.

Oʻn soatlik namoyishlarda qatnashgan baʻʻzi faollar politsiya tomonidan hibsga olindi.

Eslatib oʻtamiz, shu kungacha Isroilning Gʻazo sektoridagi bombardimonlari va quruqlikdagi amaliyotlari kamida 34 ming tinch aholining hayotiga zomin boʻlgan.

Mavzuga aloqador