20.12.2023 14:21

Malayziya Isroilga tegishli kemalarning oʻz portlariga kirishini taqiqladi

 

Malayziya Falastindagi zulmi tufayli Isroilga boradigan kemalarga oʻz portlariga kirishni taqiqladi

Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim «falastinliklarga nisbatan shafqatsizlik» sababli Isroil bayrogʻi ostidagi va Isroilga tegishli barcha kemalarning oʻz portlariga kirishi taqiqlanganini eʻʻlon qildi

Anvar Ibrohim yozma bayonotida taqiq Isroilning Falastinga qarshi hujumlariga javob ekani va darhol kuchga kirishini bildirdi.

Sobiq hukumat qarori bilan 2005 yildan beri Isroilga qarashli firma va kemalarning portlarga kirishga ruxsat berilganini ifoda etgan bosh vazir ushbu qarorning bekor qilinganligini qayd etdi.

“Ushbu sanktsiya Isroilning Falastin xalqiga qarshi davom etayotgan qirgʻin va shafqatsizliklari, asosiy insonparvarlik tamoyillarini mensimaydigan va xalqaro huquqni buzgan harakatlariga javobdir”, - dedi Anvar Ibrohim.

Isroilga tegishli hamda Isroil bayrogʻi ostida suzuvchi kemalar bilan birga 2002 yilda kirish ruxsatini olgan Isroilning ZIM yuk shirkatiga qarashli barcha kemalarning mamlakat portlariga cheksiz muddatga kirishi taqiqlanganini maʻʻlum qilgan Anvar Ibrohim Isroilga yoʻl olgan kemalarga Malayziya bandargohlarida yuk ortilishi ham taqiqlanganini bildirdi.

Hukumat rahbari ushbu qarorning Malayziya tijoriy faoliyatiga taʻʻsir qilmasligini baholadi.

Mavzuga aloqador