09.06.2025 09:21
128

Los Anjelesda immigratsiya reydlari tufayli namoyishlar boʻlyapti



AQSh prezidenti Donalьd Tramp 7 iyunь, shanba kuni immigratsiya reydlariga javoban boshlangan norozilik namoyishlarini tarqatish uchun Los Anjelesga 2000 nafar Milliy gvardiya askarini kiritish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi.

Namoyishlar juma kuni AQSh Immigratsiya va bojxona politsiyasi (ICE) tomonidan Los Anjeles tumanlaridan birida oʻtkazilgan reydlardan soʻng boshlangan. Namoyishchilar va federal agentlar oʻrtasida toʻqnashuvlar yuz berdi.

Namoyishchilar chegara patrullarining avtomobillariga tuxum, shuningdek, toshlar uloqtirgan. Bunga javoban huquq-tartibot idoralari rezina oʻqlar va yorugʻlik-shovqinli granatalardan foydalangan. Kamida 44 kishi qoʻlga olingan.

Trampning farmonida aytilishicha, immigratsiya qonunlari ijrosiga toʻsqinlik qiluvchi namoyishlar AQSh hukumatiga qarshi "isyon hisoblanadi".

Mavzuga aloqador