05.04.2024 14:27

London Inson huquqlari kengashidan chiqmoqchi

Evropa sudi Londonning noqonuniy muhojir va qochqinlarni oʻz mamlakatiga chiqarib yuborish rejasiga cheklov kiritsa, Britaniya Evropa Inson huquqlari kengashi tarkibidan chiqishini maʻʻlum qildi.

Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak parlament konservativ aʻʻzolarining iltimosini qoʻllab-quvvatlashga va Britaniyani Evropa Inson huquqlari kengashi tarkibidan chiqarishga tayyorligini taʻʻkidladi. Uning qayd etishicha, agar Evropa sudi Britaniyaning Ruandaga noqonuniy muhojirlar va qochqinlarni chiqarib yuborish rejasini bloklasa, London ushbu qadamni tashlaydi.

“Barcha rejalar butun xalqaro majburiyatlarimiz, jumladan, Inson huquqlari konventsiyasiga mos kelishiga ishonaman. Lekin men chegara xavfsizligini taʻʻminlash va noqonuniy migratsiya ustidan nazoratni taʻʻminlash chetdagi sudga aʻʻzolikdan koʻra muhimroq, deb hisoblayman, chunki bu bizning davlat suverenitetimiz uchun asosdir”, deb taʻʻkidladi siyosatchi.

Konservativ oʻng qanot deputatlar uzoq vaqtdan beri inson huquqlarini buzuvchi va huquq himoyachilari noroziligiga sabab boʻlgan bir qator qonunlarni amalga oshirish uchun Inson huquqlari boʻyicha Evropa kengashini tark etishga chaqirib keladi.

Yil boshida Evropa sudi sudʻyalari Britaniya bosh vazirining rejasi Inson huquqlari boʻyicha konventsiyaga zid kelishi mumkinligini taxmin qilgan edi. Shunisi eʻʻtiborga loyiqki, London 1953 yilda aynan shu konventsiyani yaratuvchilardan biri boʻlgan.

Mavzuga aloqador