Livanda minglab kishilar peyjerlar portlashidan jarohatlandi, 9 kishi halok boʻldi
Livanda “Hizbulloh” harakati aʻʻzolari foydalangan peyjerlarda bir vaqtda portlashlar sodir boʻldi. Portlashlar natijasida jami 9 kishi, jumladan bir bola halok boʻldi, 2800 kishi jarohatlandi, ulardan 200 nafarining ahvoli ogʻir. Tafsilotlar
Livan Sogʻliqni
saqlash vazirligi mamlakat boʻylab “Hizbulloh” aʻʻzolari foydalangan peyjerlarning
portlashi natijasida 9 kishi, jumladan bir bola hayotdan koʻz yumgani va taxminan
2800 kishi jarohatlangani, ulardan 200 ga yaqini ogʻir ekanini maʻʻlum qildi.
500 kishi
koʻzlaridan jarohat olgani tufayli koʻr boʻlib qolgani aytilmoqda.
Livan
ushbu teraktlar ortida Isroil turganini iddao qildi. Isroil tomonidan esa bu
borada hozircha hech qanday bayonot berilmadi. Biroq Isroilning koʻplab qismlarida
odamlar ushbu teraktlarni nishonladi.
Ijtimoiy
tarmoqlarda paydo boʻlgan va Hizbulloh aʻʻzolari tomonidan qoʻllanilgani
aytilayotgan uchta modelning nomlari qizgʻin muhokamalarga sabab boʻldi.
Unga
koʻra, koʻrib chiqilayotgan peyjer modellaridan ikkitasi AQSh, biri Tayvan
kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlardir.
Qurilmalardan
biri 1900 yillarning boshidan telefonlar va boshqa aloqa qurilmalari ishlab
chiqaradigan AQShning Motorola kompaniyasiga tegishli.
Biroq
voqea sodir boʻlgan kunning kechki paytigacha “Hizbulloh” aʻʻzolarida portlagani
yoki zarar koʻrgani tasdiqlangan hamda toʻgʻridan-toʻgʻri Motorola markasi boʻlgan
peyjerlarning suratlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmagan.
Motorola
bilan bogʻliq boʻlgan Teletrim brendi qurilmalari ham tilga olingan boʻlsa-da, uning
mahsulotlari tasvirlari qurilmalarning butun holatda ekanligiga eʻʻtibor
qaratildi.
Ijtimoiy
tarmoqlarda baham koʻrilgan soʻnggi qurilma Tayvanning Apollo Gold kompaniyasi
tomonidan ishlab chiqarilgan va Gonkongdagi Apollo Systems HK kompaniyasi
tomonidan sotiladigan Gold Apollo Rugged Pager AR924 mahsulotidir.
Xabarlarda
Apollo brendi peyjerlarining parchalanib ketgani, ammo modeli haqidagi
maʻʻlumotlarni oʻqish mumkin boʻlgan suratlari mavjud.
Boshqa
tomondan, ushbu kompaniyalar mobil telefonlar va internetning keng qoʻllanilishi ortidan
uzoq vaqt oldin ushbu qurilmalarni sotishni toʻxtatgan. Bu modellar esa ikkinchi
qoʻl sotuvga oʻxshaydi.
Keyinroq Apollo
Gold Livanda portlagan peyjerlarni ishlab chiqarmaganini eʻʻlon qildi va BAC
Consulting kompaniyasiga ishora qildi.
Apollo
Gold bayonotida «AR924» rusumli peyjer ishlab chiqarishda hech qanday vakolatga ega
emasliklari bildirildi.
"Biz
faqat savdo belgisiga ruxsat beramiz va ushbu mahsulotni loyihalash yoki ishlab
chiqarishda ishtirok etmaymiz", deyiladi bayonotda. Kompaniya ushbu qurilmalarni
ishlab chiqarish faqat brend litsenziyasidan foydalanishga ruxsat berilgan BAC
Consulting nomli kompaniyaga tegishli ekanligi taʻʻkidlangan.