Isroil SSV kasalxonalarga "minglab yaralanganlarni joylashtirishga tayyorlanishni" buyurdi
Xabar qilinishicha, Isroil Sogʻliqni saqlash vazirligi Livanda Hizbulloh bilan keskinlik kuchaygani sababli mamlakat shimolidagi shifoxonalarga minglab yaradorlarni joylashtirishga tayyorgarlik koʻrishni buyurdi. Bu haqda Anadolu Isroilning KAN telekanaliga tayanib xabar qildi.
Maʻʻlumotlarga koʻra, Sogʻliqni saqlash vazirligi mamlakat shimolida joylashgan Nehariya shahridagi Safed va Galiley tibbiyot markazidagi Ziv kasalxonasiga "choʻl oroli rejimiga", yaʻʻni bir necha kun davomida tibbiy buyumlar, dori-darmonlar va oziq-ovqatsiz qolish ehtimoliga tayyorlanishni topshirgan. Shuningdek, shimoldagi shifoxonalardan bir necha soat ichida favqulodda holat rejimiga oʻtish soʻralib, yaradorlarni faqat bombapanohlarda qabul qilishini taʻʻminlash uchun zarur boʻlsa, 50 foiz bandlik darajasini saqlab qolish buyurilgan.
Isroilda, shuningdek, tibbiyot xodimlari jarohatlanadigan yoki zaxira xizmatiga qoʻshilishga majbur boʻladigan vaziyatga tayyorlanib, buning uchun chet eldan oʻrinbosar shifokorlarni taklif qilmoqda. Qayd etilishicha, dunyoning turli burchaklarida 7000 ga yaqin yahudiy shifokorlar mavjud boʻlib, ulardan "Isroilga yordam berish istagini ixtiyoriy ravishda bildirgan" va agar kerak boʻlsa, yordam uchun Isroilga kelishlari soʻraladi.
Maʻʻlumot uchun, Isroil 2 yanvarʻ kuni Livan poytaxti Bayrutda Hamas siyosiy byurosi rahbari oʻrinbosari Solih al-Aruriyni, 8 yanvarda esa Hizbullohning yuqori darajali qoʻmondonlaridan biri Visam Hasan Tavilni oʻldirganidan soʻng Isroil armiyasi va Hizbulloh oʻrtasida toʻqnashuvlar kuchaygan.