08.07.2024 12:30

Канадада черков 200 дан ортиқ жинсий зўравонлик қурбонига 76 млн доллар товон пули тўлайдиган бўлди

Kanadada katolik cherkovi jinsiy va jismoniy zoʻravonlikka uchragan 200 dan ortiq jabrlanuvchiga 76 million dollar tovon puli toʻlaydigan boʻldi. Cherkov tasarrufidagi internat maktablarida tarbiyalangan 150 mingdan ortiq mahalliy hindu bolalarining aksariyati ruhoniylar, rohibalar va boshqa oʻqituvchilar tomonidan jismoniy, jinsiy va ruhiy zoʻravonlik hamda tahqirlashlarga duchor boʻlgan. Ushbu maktablarning birinchisi 1880 yillarning boshida ochilgan, oxirgisi esa 1998 yilda yopilgan.

Kanadada katolik cherkovi mamlakat sharqidagi Nyufaundlend va Labrador provintsiyalarida yuzlab jinsiy zoʻravonlik qurbonlariga 76 million dollar toʻlaydi.

Sud katolik cherkovi tasarrufidagi mehribonlik uylari va maktablarida jinsiy va jismoniy zoʻravonlikka uchragan 200 dan ortiq jabrlanuvchiga tovon puli toʻlashga qaror qildi.

Sud qaroriga koʻra, cherkov 1940 yildan boshlab bir necha oʻn yillar davomida sodir boʻlgan zoʻravonlik qurbonlariga tovon toʻlashi shart.

Cherkov tasarrufidagi internat maktablarida tarbiyalangan 150 mingdan ortiq mahalliy bolalarning aksariyati ruhoniylar, rohibalar va boshqa oʻqituvchilar tomonidan jismoniy, jinsiy va psixologik zoʻravonlik va tahqirlashlarga duchor boʻlgan. Ushbu maktablarning birinchisi 1880 yillarning boshida ochilgan, oxirgisi esa 1998 yilda yopilgan.

Kanadadagi birinchi belgilanmagan qabrlar 2021 yil 29 mayda topilgan. 215 nafar voyaga etmagan, baʻʻzilari uch yoshli bolalarning jasadi Britaniya Kolumbiyasining Kamlups shahridagi sobiq mahalliy bolalar assimilyatsiya maktabi hududidan topilgan.

Keyinchalik, 24 iyunʻ kuni Saskachevan provintsiyasidagi Kauessess jamiyati rahbari Kadmus Delorm 1990-yillargacha faoliyat yuritgan hindu bolalar uchun cherkovga asoslangan sobiq maktab-internat oʻrnida 751 bolaning jasadi boʻlgan belgilanmagan qabrlar topilgani haqida xabar berdi.

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo topilmalarni "Kanada tarixidagi eng qorongʻu boblardan biri" deb atadi.

2008 yilda cherkov maktab-internatlaridagi voqealarni tekshirish uchun komissiya tuzildi. 2015 yilda tekshiruvdan soʻng Kanada hukumati maktab-internat tizimi faoliyatini “madaniy genotsid” deb tan oldi.

Mavzuga aloqador