Bir yarim asr davomida tub aholi vakillari bilan imzolangan asosiy shartnomani "ochiqchasiga" bajarmaslik kelishuvni "masxara" qilib, avlodlarni oʻz resurslari uchun adolatli tovon puli olishdan mahrum etadi, degan qarorga keldi Kanada Oliy sudi.

Bir ovozdan qabul qilingan qarorda sud Ontario va Kanada hukumatlarini 150 yil davomida Robinson shartnomalarining ruhi va mazmunini qoʻpol ravishda buzishda va "masxara qilishda" aybladi. 

"Taxminan bir yarim asr davomida anishinaabe xalqlari shartnomaning puch vaʻʻdalari bilan qoldi, – dedi sud. – Tomonlar uchun kengash gulxani atrofiga qaytish va Robinson shartnomalarida nazarda tutilgan munosabatlarni yangilash vaqti keldi. Bundan kam narsa Tojning yarashuvga sodiqligini koʻrsatmaydi".

Gap 1850 yilda anishinaabe hindu qabilalari va Britaniya Toji oʻrtasida imzolangan 35 700 kvadrat milyadan ortiq maydonda mahalliy jamoalarning ov va baliq tutish huquqlarini tartibga soluvchi Robinson shartnomalari haqida ketmoqda.

Shartnoma mahalliy jamoalarga er koʻproq boylik keltirgani sababli yillik toʻlovlarni har yili oshirib borishni talab qiladi.

Shartnomaga koʻra, har bir tub aholi yiliga 1,70 Kanada dollari olgan. 1875 yilda stavka bir kishi uchun 4 dollarga koʻtarilgan va shundan buyon oshirilmagan. 

Sudyalarning taʻʻkidlashicha, shartnomada belgilangan pul miqdori kafolatlanmagan boʻlsa-da, "hech bir tomon Toj har bir kishi uchun yillik foydani yoʻqotmagan holda 4 dollardan ortiq oshirishi mumkinligiga shubha qilmaydi va buni amalga oshirish kerak edi".

Sud yillik toʻlovlarni oshirish orqali "shartnoma asoslariga qaytish" va "Toj shaʻʻnini himoya qilish" ga chaqirdi. Buni qilmasa, sudyaning yozishicha, “ochiqchasiga insofsizlik” boʻladi.

Oliy sud Ontarioga mahalliy guruhlar bilan yangi kelishuv taklif qilish uchun olti oy muhlat berdi va agar hukumatlar adolatli tovon toʻlash boʻyicha kelisha olmasa, aralashuv haqida ogohlantirdi.

"Agar Toj va oliy daʻʻvogarlar muzokaralar yoʻli bilan kelishuvga erisha olmasalar, Toj ushbu sabablar eʻʻlon qilingan kundan boshlab olti oy ichida majburiy tartibda Yuqori daʻʻvogarlarga oʻtmishdagi huquqbuzarliklari uchun kompensatsiya miqdorini belgilashni talab qiladi, deyiladi juma kungi qarorda.

Mahalliy tub xalqlar vakillarining oʻzlari 126 milliard Kanada dollari muddati oʻtib ketgan toʻlovlardan qarzi borligini daʻʻvo qilmoqda. Hukumat "mustamlakachilik xarajatlari"ni milliardlarga baholab, mahalliy xalqlarga qarzini rad etdi.

Mavzuga aloqador