06.03.2024 04:31

AQSh va Kanadadagi sinagogalarda Falastin erlari noqonuniy sotilmoqda

AQSh va Kanadadagi bir qator sinagogalar Sharqiy Quddus va Gʻarbiy Sohildagi noqonuniy yahudiy aholi punktlari hududlarida Falastin mulklarini sotish masalasini muhokama qilish uchun yopiq yigʻilishlar oʻtkazdi. Ularda noqonuniy aholi punktlari uchun Falastin erlarini sotilmoqda.

AQSh va Kanadadagi bir qator sinagogalar Sharqiy Quddus va Gʻarbiy Sohildagi noqonuniy yahudiy aholi punktlari hududlarida Falastin mulklarini sotish masalasini muhokama qilish uchun yopiq yigʻilishlar oʻtkazdi.

Bu haqidagi maʻʻlumotlar AQSh jamoatchiligining noroziligiga sabab boʻldi.

Jumladan, Nʻyu-Jersi shtatining Englvud shahrida Texasdagi Keller Williams koʻchmas mulk kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan shunday uchrashuvlardan biriga qarshi norozilik namoyishi boʻlib oʻtdi.

Falastin bayroqlari koʻtargan oʻnlab namoyishchilar, jumladan yahudiylar ham, yogʻayotgan yomgʻirga qaramay, mahalliy Ahavat Tora ibodatxonasi yaqinida toʻplanishdi. Namoyishchilar amerikalik sionist yahudiylarga noqonuniy aholi punktlaridan mulk sotilishini toʻxtatishni talab qilishdi.

Aktsiya ishtirokchilari “Falastinga ozodlik”, “Isroil ishgʻolini toʻxtating”, “Noqonuniy aholi punktlariga barham berish kerak”, “Oʻgʻirlangan erlarni sotmang”, “Bu er oʻgʻirligi”, «Oʻgʻirlangan erlarda biznes bilan shugʻullanmang» kabi shiorlarni koʻtarib olishdi.

Politsiya namoyish hududida xavfsizlik choralarini kuchaytirdi.

Amerika-Islom munosabatlari kengashining (CAIR) Nʻyu-Jersidagi ofisi ham Falastin erlarining noqonuniy koʻchmanchilarga sotilganini qoraladi.

Ibodatlar amalga oshiriladigan joylar muqaddasdir. Sinagoga kabi ibodatxonalardan oʻgʻirlangan erlarni sotish uchun foydalanish xalqaro huquqqa zid boʻlib, chuqur tashvish uygʻotadi”, — deyiladi CAIR bayonotida.

Falastin erlarini sotish boʻyicha Nʻyu-Jersi, Nʻyu-York, Toronto va Monrealda ham yopiq uchrashuvlar oʻtkazilgan. Ularni rieltor Keller Uilyams "Isroildagi uyingiz" nomli noqonuniy isroillik koʻchmanchilar guruhi bilan birgalikda uyushtirgan.

Ushbu turdagi uchrashuvlarda qatnashish uchun oldindan roʻyxatdan oʻtish kerak. Kirish faqat yahudiy ishtirokchilar uchun.

Mavzuga aloqador