JSST: 100 mingdan ortiq gʻazolik halok boʻlgan, yaralangan yoki bedarak yoʻqolgan
JSST rahbari Tedros Adxanom Gebreesus 100 mingdan ortiq gʻazoliklar yo oʻlgan, yaralangan yoki bedarak yoʻqolgan va halok boʻlgan deb hisoblanayotganini maʻʻlum qildi. Uning qayd etishicha, eksklavda ocharchilik xavfi yuqori va bu xavf kundan-kunga ortib bormoqda.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreesus X ijtimoiy
tarmogʻida 100 mingdan
ortiq gʻazoliklar yo oʻlgan, yaralangan yoki bedarak yoʻqolgan va halok boʻlgan deb hisoblanayotganini maʻʻlum
qildi.
Uning qayd etishicha, eksklavda ocharchilik xavfi yuqori va bu
xavf kundan-kunga ortib bormoqda. JSST gumanitar yordam xodimlari va yuklarni
xavfsiz kirishga chaqirishda davom etmoqda, dedi tashkilot rahbari.
“Biz mahbuslarni ozod qilishga chaqirishda davom etamiz. Hujumlar yoki militarizatsiya (gʻarbiylashish – Azon Global) emas, balki sogʻliqni
saqlashni himoya qilishga chaqirishda davom etamiz. Oʻt ochishni toʻxtatishga chaqirishda davom
etamiz”, — deb yozgan Gebreesus.
Eslatib
oʻtamiz, 119 kunlik bombardimonlar natijasida Gʻazoda qurbonlar soni 27 mingdan oshdi.
Yana 66139 nafar falastinlik jarohatlangan. Isroil Gʻazodagi qirgʻinbarotlarni
davom ettirmoqda.