Amerikalik milliarderlar Jo Bayden nomzodidan xavotirda
AQShda prezidentlik saylovlari yaqinlashar ekan, Demokratik partiyaning milliarder donorlari prezident Jo Baydenning nomzodidan xavotirda. Ayniqsa 81 yoshli Bayden yoshi bilan bogʻliq xavotirlar asossiz ekanini isbotlay olmaganidan soʻng uning nomzodiga nisbatan tanqidlar kuchaydi.
AQShda
prezidentlik saylovlari yaqinlashar ekan, Demokratik partiyaning milliarder
donorlari prezident Jo Baydenning nomzodidan xavotirda, deb yozdi “Anadolu”
agentligi. Ayniqsa 81 yoshli Bayden yoshi bilan bogʻliq xavotirlar asossiz ekanini
isbotlay olmaganidan soʻng uning nomzodiga nisbatan tanqidlar kuchaydi.
5 noyabrʻ
kuni boʻlib oʻtadigan AQSh prezidentlik saylovlari uchun kurashayotgan demokrat
Bayden va uning respublikachi raqibi sobiq prezident Donalʻd Tramp 27 iyunga oʻtar
kechasi CNN telekanalidagi birinchi jonli debatda oʻzlarining kuchli tomonlari
bilan boʻlishdi.
Debat davomida
81 yoshli Bayden yoshi bilan bogʻliq xavotirlar asossiz ekanini isbotlay olmaganidan
soʻng tanqidlar ostida qoldi.
Shundan
soʻng Demokratlar partiyasi va Bayden tarafdori boʻlgan baʻʻzi ommaviy axborot
vositalari Baydenni “prezidentlikka nomzodini qoʻyishdan bosh tortish”ga chaqirishdi.
Ular orasida Demokratik partiyadan AQSh Kongressining 7 nafar aʻʻzosi ham bor.
Demokratik
partiyaga minglab dollar xayriya qilgan milliarder donorlar orasida Baydenning
poygadan chiqib ketishini xohlayotganlar soni ortib bormoqda.
Oʻz
navbatida Bayden sogʻligʻi avvalgidek emasligini tan oldi, biroq u Trampga eng
yaxshi muqobil ekanligini taʻʻkidlab, poygadan chiqmasligini aytdi.
Xususan,
demokratlarning asosiy donorlaridan boʻlgan BVS Entertainment prodyuserlik
kompaniyasi asoschisi Xaim Saban Bayden va uni qoʻllab-quvvatlayotganlar “izdan
chiqib ketganini” taʻʻkidlagan boʻlsa, yana bir donor, Netflix hamtaʻʻsischisi Rid
Xastings birinchilardan boʻlib oshkora ravishda Baydenni prezidentlik poygasidan
chiqishga chaqirdi.
Demokratik
partiyaning eng yirik donorlaridan biri, aktyor Jorj Kluni ham NYT nashrida maqola chop etish orqali Baydenni oʻz
nomzodini bekor qilishga ochiq chaqiruvchi guruhga qoʻshildi.
Bayden
bilan uch hafta oldin mablagʻ yigʻish marosimida boʻlganini eslagan Kluni:
"Bayden 2010 yoki hatto 2020 yilgi Bayden emas edi, lekin biz oʻsha jonli
efirda koʻrgan Bayden edi. Partiyamiz etakchilari 51 million odam biz koʻrgan
narsani koʻrmaydi, deb aytishni bas qilishi kerak”, - dedi.