09.07.2024 08:59

AQSh harbiylari Nigerdagi 101-havo bazasini tark etdi

AQSh harbiylari Niger poytaxti Niamey aeroporti yaqinidagi 101-havo bazasidan oʻz xodimlarini olib chiqdi. Nigerda hokimiyatni qoʻlga kiritgan harbiy xunta Qoʻshma Shtatlarga 15 sentyabrgacha mamlakatdagi 1000 ga yaqin askari va harbiy texnikalarini olib chiqish ketishni buyurgan edi.

AQSh harbiylari Niger poytaxti Niamey aeroporti yaqinidagi 101-havo bazasidan oʻz xodimlari va harbiy texnikalarini olib chiqdi. Bu haqda Reuters agentligi ikki davlat mudofaa vazirliklarining qoʻshma bayonotiga tayanib xabar berdi.

Nigerda taxminan 950 nafar Amerika xavfsizlik kuchlari xizmat olib borayotgan boʻlsa, ularning 766 nafari mamlakatni tark etdi. Mamlakat markaziy qismidagi Agadezda joylashgan qiymati 100 million dollar boʻlgan uchuvchichiz uchoqlar bazasida harbiy xizmatchilarning oxirgi guruhi mamlakatda qolmoqda. Ularning sentyabrʻ oʻrtalaridan olib chiqilishi kutilmoqda. Amerikaliklar olib chiqib ketgan qurol-yarogʻlarning ogʻirligi 1590 tonnadan oshadi.

AQSh harbiy-havo kuchlari general-mayori Kennet Ekman juma kuni 201-havo bazasi deb ataladigan mazkur baza qurollangan guruhlar haqida muhim razvedka maʻʻlumotlarini taqdim etayotganini taʻʻkidlab, bu erdagi qoʻshinlar avgust oyida olib chiqilishini maʻʻlum qildi.

Eslatib oʻtamiz, mart oyida Niger hukumati AQSh bilan harbiy hamkorlik shartnomasini bekor qilgandi. Aprelʻ oyida esa Nigerdagi hukmron xunta Qoʻshma Shtatlarga 1000 ga yaqin askarini mamlakatdan olib chiqishni buyurgan va buning uchun 15 sentyabrgacha muhlat berdi.

Aprelning oʻzida 100 nafar rossiyalik harbiy mutaxassis Nigerga etib keldi.

Mavzuga aloqador