Iqtisodchi Rossiyada islom bankining ilk qadamlari haqida
Moliyaviy tahlilchilar va risk-menejerlar gilʻdiyasi kuzatuv kengashi aʻʻzosi, iqtisod fanlari nomzodi Aleksandr Razuvaev Rossiyada islom bank ishi haqidagi mulohazalarini eʻʻlon qildi. U mamlakatda islom bankini joriy etish orqali Koʻrfaz davlatlaridan mablagʻlar jalb etish, Gʻarb sanktsiyalarini aylanib oʻtish mumkinligini taʻʻkidladi. Shuningdek, islomiy birjalar roʻyxatini keltirdi. “Islom bankida ishlash uchun esa professional boʻlish kifoya, musulmon boʻlish shart emas”, deb yozdi iqtisodchi.
InVoiceMedia
saytida Moliyaviy tahlilchilar va risk-menejerlar gilʻdiyasi kuzatuv kengashi
aʻʻzosi, iqtisod fanlari nomzodi Aleksandr Razuvaev tomonidan Rossiyada islom
bank ishi haqida munozarali matn eʻʻlon qilindi.
“Rossiyadagi
ijtimoiy tarmoqlarda islomdan qoʻrqadigan va nafratlanadigan odamlar bor, ular
avvallari raqamlashtirish va COVID-19 ga qarshi emlashdan qoʻrqishgan, hozir esa
bunday odamlarning asosiy dushmani Islom, jumladan, islom banki, ularning
fikricha, Gʻarb razvedka xizmatlari mahsuloti”, - dedi Aleksandr Razuvaev.
Iqtisodchining
taʻʻkidlashicha, islom bankini joriy etishning asosiy gʻoyasi – koʻrfaz davlatlaridan
pul mablagʻlarini loyihalarni moliyalashtirishga jalb qilish imkoniyati. Shuningdek,
sanktsiyalarni chetlab oʻtish uchun islom bankidan faol foydalanish. Eron
bundan faol foydalanmoqda. Rossiya Banki vakillari Islom Respublikasi poytaxtiga
tashrif buyurishdi va ehtimol
bu masalani muhokama qilishgan.
Qimmatli
qogʻozlar bozori haqida nima deyish mumkin? Islom investorlari birjada savdo qilishadi,
biroq diniy qoidalarga ham rioya etishadi. Razuvaev shariatga mos kompaniyalarni oʻz ichiga olgan bir
qancha indekslar mavjudligini qayd etdi:
Dow Jones
Islamic Market Index;
MSCI World
Islamic Index;
S&P 500
Shariah;
S&P
Europe 350 Shariah;
S&P
Japan 500 Shariah;
S&P Pan
Asia Shariah;
S&P GCC
Shariah;
S&P
BRIC Shariah Index.
“Qizigʻi shundaki, roʻyxat oxiridagi
indeksga musulmon boʻlmagan mamlakatlar – Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy kompaniyalari ham kiritilgan. Ularning faoliyati islom
normalariga zid emas. Moskva birjasi islom indeksini ishga tushirish orqali
islomiy moliyaga eʻʻtibor berishi kerak. Dunyoda 2 milliard musulmon bor. Va agar barchasi Rossiya fond
bozoriga 10 dollar sarmoya kiritsa, Alloh, shubhasiz,
koʻp gunohlarni kechiradi”, - dedi
u.
Aleksandr Razuvaev Fors koʻrfazi davlatlari investorlari Rossiyadan eng koʻp eng katta kapitallashuvga ega boʻlgan free float kompaniyalar aktsiyalarini sotib olishi mumkinligini taʻʻkidladi. “Investitsion qonunlar hamma joyda bir xil. Islom bankida ishlash uchun esa professional boʻlish kifoya, lekin musulmon boʻlish shart emas”, - deb yozdi iqtisodchi.