Isroilning Gʻazodagi hujumlari qurbonlari soni 23 mingdan oshdi
7 oktyabrdan buyon ishgʻol ostidagi Gʻazoda Isroil hujumlari oqibatida 23 mingdan ziyod kishi qurbon boʻldi, 58 mingdan ziyod kishi jarohatlandi.
Isroil
armiyasining ishgʻol ostidagi Gʻazo sektoriga uyushtirgan hujumlari natijasida halok
boʻlgan falastinliklar soni 23 ming 84 kishiga etdi, 58 mingdan ortiq kishi
jarohat oldi. Bu haqda Anadolu Gʻazodagi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot
xizmatiga tayanib xabar
berdi.
Uning
soʻzlariga koʻra, soʻnggi 24 soat ichida Falastin anklavining yana 249 nafar aholisi
Isroil tajovuzi qurboniga aylangan, 510 kishi jarohatlangan.
Gʻazoning
2,3 million aholisi Isroilning havo, quruqlik va dengizdagi ommaviy
bombardimonlari hamda eksklavning toʻliq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va
dori-darmon tanqisligidan aziyat chekmoqda.
Minglab
binolar, jumladan kasalxonalar, masjidlar va cherkovlar ham Isroilning havo va
quruqlik hujumlari natijasida zarar koʻrgan yoki butunlay vayron boʻlgan.
Isroilda
qurbonlar soni 1200 ga yaqin.
Bundan tashqari, Isroil kuchlari 7oktyabrdan buyon ishgʻol
ostidagi Gʻarbiy Sohil va Sharqiy Quddusda jami 5730 nafar falastinlikni hibsga oldi. Falastin
asirlari uyushmasi va Falastin Ozodlik Tashkilotining (FOT) Falastin asirlari
ishlari boʻyicha qoʻmitasi maʻʻlumotlariga koʻra, 2023 yil oxirida Isroil
qamoqxonalarida 8800 nafar falastinlik bor, ulardan 80 nafari ayollar.