14.07.2025 11:17
66

"Isroil" josuslari Islomni oʻrganadi



7 oktyabrdagi muvaffaqiyatsizlikdan soʻng "Isroil" harbiy razvedkasi rahbariyati xodimlar uchun majburiy islomshunoslik va arab tilini oʻqitishni joriy etishga qaror qildi. Kelgusi oʻquv yilidan boshlab barcha sionist josuslari Islom dinidan saboq oladi, yarmi arab tilini ham oʻrganadi. Bundan tashqari, Yamandagi voqealarni hisobga olgan holda, razvedka xodimlariga Yaman va Iroq shevalarida qoʻshimcha treninglar oʻtkaziladi.

Maqsad – razvedka xodimlarining bir necha yil ichida arab tilini mukammal bilishi va Islom dinini chuqur oʻrganishni taъminlash. Qolaversa, yahudiy davlati hukumati 6 yil avval mablagʻ etishmasligi sababli yopilgan boʻlimni qayta ochmoqda. U Yaqin Sharq boʻyicha boʻlajak mutaxassislarni tayyorlash uchun yuqori sinf oʻquvchilarini tanlashga masъul boʻladi.

Isroil razvedkasi 7 oktyabrdagi muvaffaqiyatsizlikni dushman tilini etarli darajada bilmaslik va uning diniy motivlarini etarlicha baholamaslik bilan bevosita bogʻlamoqda. Shu bois dushman tili, dini va madaniyatini oʻrganish sionistlar uchun muhim hisoblanmoqda.

Bunga javoban HAMAS ibroniy tilida soʻzlashuvchi xodimlarini ham tayyorlayapti. Masalan, Falastin ozodlik harakatining marhum rahbari Yahyo Sinvar Isroil qamoqxonalarida yahudiylarning tilini oʻrgangandi.

Mavzuga aloqador