28.12.2023 14:33

Shimoliy Koreya etakchisi armiyaga urushga tayyorgarlikni kuchaytirishni buyurdi

Shimoliy Koreya etakchisi Kim Chen In armiya, oʻq-dori va yadro qurollari sanoatiga AQSh harakatlariga qarshi urushga tayyorgarlikni tezlashtirishni buyurdi.

Shimoliy Koreya etakchisi Kim Chen In armiya, oʻq-dorilar sanoati hamda yadro qurollari sektoriga “AQShning misli koʻrilmagan hujumkor hamlalariga” qarshi turish uchun urushga tayyorgarlikni tezlashtirishni buyurgani eʻʻlon qilindi.

Shimoliy Koreya etakchisi Kim armiyaga urushga tayyorgarlikni kuchaytirishni buyurdi

Koreya Mehnat partiyasi Bosh Assambleyasi yigʻilishida yangi yil uchun siyosat yoʻnalishlari haqida gapirar ekan, Kim “aksilimperialistik, mustaqil davlatlar” bilan ham strategik hamkorlikni kengaytirilishini ham maʻʻlum qildi. Uchrashuvda Kimning iqtisodiy maqsadlarga ham toʻxtalgani qayd etilar ekan, Shimoliy Koreya rahbari 2024 yilni mamlakatning 5 yillik rivojlanish rejasini amalga oshirish uchun “hal qiluvchi yil” deb taʻʻrifladi.

Shuningdek, Kim qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini yuqori darajada barqarorlashtirishga chaqirdi.

Mavzuga aloqador