07.02.2025 09:23
Ispaniya qiroli Felipe VI prezident Trampning qarorini tanqid qildi
Ispaniya qiroli Felipe VI prezident Trampning qarorini tanqid qildi
Madrid – Ispaniya qiroli Felipe VI AQSh prezidenti Donald Trampning Oq uy rasmiy veb-saytidan ispan tilini olib tashlash haqidagi qarorini tanqid qildi.
Qirol bu haqda Madridda til taъlimi, madaniyat va sanъatga bagʻishlangan global ispan instituti – Instituto Servantes tomonidan tashkil etilgan tadbirda nutq soʻzlar ekan, bu “vaqtinchalik echim” ekanligiga umid bildirdi.
Felipe VI AQShda ispan tilida soʻzlashuvchilar soni 2050 yilga borib 100 millionga etishi mumkinligini taъkidladi. Shuningdek, u Instituto Servantesning AQShda beshta markazi faoliyat yuritishini eslatib, ispan tili mamlakatdagi taъlim sohasida etakchi tillardan biriga aylanganini qayd etdi.
Instituto Servantes bosh direktori Luis Garsiya Montero esa Trampning qarorini tanqid qilib, uni 60 millionga yaqin ispan tilida soʻzlashuvchilarga nisbatan hurmatsizlik deb baholadi. U AQShda ispan tili faqat muhojirlar tili emas, balki madaniyat, fan va texnologiya sohalarida ham muhim oʻrin tutishini taъkidladi.
Tramp prezidentligi davomida bundan avval ham shunday qaror qabul qilgan edi.