Ismoil Haniya halok boʻlgani aytilayotgan mehmon uyi tasvirlari paydo boʻldi
Tarmoqlarda HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya halok boʻlgani aytilayotgan bino tasvirlari paydo boʻldi. Tasvirlarda binoning faqat Haniya va tansoqchisi boʻlgan qismi zararlanganini koʻrish mumkin. Ushbu tasvirlar haqiqat boʻlsa, maʻʻlumot ichki razvedka tomonidan Isroilga taqdim etilganidan darak beradi.
Tarmoqlarda
tasdiqlanmagan maʻʻlumotlarga koʻra, HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya
halok boʻlgan binoning ilk suratlari paydo boʻldi. Taxminlarga koʻra, faqat Haniya
va uning qoʻriqlash xizmati boshligʻi joylashgan qavat shikastlangan.
Bino Saadobod
saroyiga tutash boʻlib, Tehron shimolidagi Eron prezidentining rasmiy qarorgohi
yaqinida joylashgan.
“Bunday
maqsadli hujumni ichki razvedkasiz amalga oshirish mumkin emas. Agar bu tasvir
haqiqatan ham voqea joyidan boʻlsa, zarba FPV uchuvchisiz uchogʻi yoki SPIKE NLOS ATGM tomonidan togʻli hududdan
amalga oshirilgan boʻlishi mumkin”,
deyiladi xabarda.
Eslatib
oʻtamiz, HAMAS etakchisi Ismoil Haniyaga Eron prezidenti Masʻʻud Pezeshkiyanning
innaguaratsiya marosimida ishtirok etish uchun Tehronga borganida suiqasd uyushtirildi. U va bir tan soqchisi halok
boʻldi.