17.01.2024 16:29

Pokiston Erondagi elchisini chaqirib oldi

Eron tomonidan Pokiston hududiga raketa zarbalari berilgani ortidan Islomobod Tehrondagi elchisini chaqirib oldi. Pokiston razvedkasidagi manba ushbu hujumga javob berishning barcha imkoniyatlari koʻrib chiqilayotganini maʻʻlum qildi.

Eron tomonidan oʻz hududiga raketa zarbalari berilgani ortidan Islomobod Tehrondagi elchisini chaqirib oldi, deya xabar bermoqda Anadolu Pokiston TIV xabariga tayangan holda.

“Kecha tunda Eronning Pokiston suverenitetini asossiz va qoʻpol ravishda buzishi xalqaro huquq va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomining maqsad va tamoyillarini buzish hisoblanadi. Ushbu noqonuniy harakat mutlaqo qabul qilinishi mumkin emas va hech qanday asosga ega emas. Pokiston ushbu noqonuniy harakatga javob berish huquqini oʻzida saqlab qoladi. Natijalar uchun javobgarlik toʻliq Eron zimmasiga tushadi”, - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, ushbu xabar Eron hukumatiga etkazilgan. Shuningdek, ayni damda Eronda boʻlib turgan Eronning Pokistondagi elchisi hali qaytmasligi aytilgan.

Bundan tashqari, Pokiston va Eron oʻrtasida davom etayotgan yoki rejalashtirilayotgan barcha oliy darajadagi tashriflarni toʻxtatib turishga qaror qilindi.

Anadolu agentligining Pokiston razvedkasidagi manbasi Balujiston viloyatiga uyushtirgan hujumiga javob berishning barcha imkoniyatlari koʻrib chiqilayotganini maʻʻlum qildi.

Manbalar Pokistonning Eron hujumiga shoshqaloqlik bilan munosabat bildirmaganini, biroq 2019 yil fevralida Balakot hujumiga javoban Hindistonga berilgan javobga ishora qilib, Islomobodning “javob berish” borasida yaxshi ekanini taʻʻkidlagan.

Eslatib oʻtamiz, 17 yanvarʻ kuni Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi Pokistonning Eron bilan chegaradosh Balujiston viloyatida joylashgan “Jaysh al-Adl” (“Adolat armiyasi”) terrorchilik guruhining asosiy bazasiga ballistik raketa va uchuvchisiz samolyotlar yordamida hujum uyushtirgan edi. Pokiston tomoni ushbu hujumda 2 bola halok boʻlgani, 3 bola jarohatlanganini maʻʻlum qildi.

Mavzuga aloqador