13.04.2024 07:15
Islomni qabul qilgan K-pop xonandasi masjid qurishni rejalashtirmoqda
Islomni qabul qilgan taniqdi K-pop xonandasi, koreyalik Daud Kim Incheon shahrida masjid qurishni rejalashtirmoqda. "Koreyadagi har bir koʻcha goʻzal azon sadolariga toʻlguncha harakat qilaman", – deb yozdi u.
2019 yilda islomni qabul qilgan koreyalik K-pop xonandasi va YouTube vlogeri Daud Kim Janubiy Koreyaning Incheon shahrida masjid qurish rejasini maʻʻlum qildi. Kim ijtimoiy tarmoqlarda masjid qurilishi uchun olgan er maydonchasi fotosuratlari va hujjatlarini eʻʻlon qildi, deb yozadi Siyasat.
“Nihoyat, sizning yordamingiz bilan Incheon shahrida masjid qurish uchun er shartnomasini imzoladim. Bu joy tez orada masjidga aylanadi. Bu kun kelganiga ishona olmayapman”, deb yozadi u oʻz postida.
Dovud masjid qoshida Islom dini haqidagi podkastlarni yozib olish uchun studiya qurishni ham rejalashtirgan. Xonanda obunachilarga murojaat qilib, masjid qurilishi uchun mablagʻ ajratishni soʻradi.
“Koʻp qiyinchiliklar boʻladi, lekin men buni uddalay olishimga ishonaman. Koreyadagi har bir koʻcha goʻzal azon sadosiga toʻlguncha harakat qilaman”, – deb yozdi u.