20.03.2024 08:25

Irlandiya bosh vaziri irlandiyaliklarning falastinliklarga oʻxshash jihatini tilga oldi

Irlandiya bosh vaziri Leo Varadkar AQSh prezidenti Jo Bayden bilan uchrashuvda irlandiyaliklarning falastinliklar bilan oʻxshash jihatlari haqida gapirdi. “Ularning koʻzlarida oʻz oʻtmishimizni koʻramiz: majburiy koʻchirilish, mol-mulkdan mahrum etilish, shubha ostiga olingan va rad etilgan milliy oʻziga xoslik, kamsitilish va hozir ocharchilik hikoyasini”, - dedi u.

Irlandiya Bosh vaziri Leo Varadkar Oq uyda AQSh prezidenti Jo Bayden bilan oʻtkazilgan ziyofat chogʻida Gʻazodagi falastinliklar va irlandlarning tarixiy ahvoli oʻrtasida oʻxshashliklarni keltirib oʻtdi.

Leo Varadkar fursatdan foydalanib, prezident Jo Baydenni Gʻazo sektorida “zudlik bilan gumanitar oʻt ochishni toʻxtatish”ga erishishga chaqirdi. “Biz bunga qanday erishishimiz va ikki davlat qaroriga qarab harakat qilishimiz haqida gaplashishimiz kerak, menimcha, bu barqaror tinchlik va xavfsizlikka erishishning yagona yoʻli”, — dedi Varadkar.

Bunga javoban Bayden: Roziman”, deb, Varadkarning ikki davlatli echim” taklifini barqaror tinchlik va xavfsizlikka erishishning eng maqbul yoʻli sifatida qoʻllab-quvvatladi.

Dunyo boʻylab sayohat qilganimda, rahbarlar mendan nega irlandlar Falastin xalqiga shunchalik hamdard ekanliklarini soʻrashadi, - deya qoʻshimcha qildi Varadkar. - Javob oddiy: Biz oʻz tariximizni ularning koʻzlarida koʻramiz. Koʻchirilish, mol-mulkdan mahrum etilish, shubha ostiga olingan va rad etilgan milliy oʻziga xoslik, majburiy emigratsiya, kamsitilish va endi ocharchilik hikoyasi”.

"Prezident Bayden, mamlakatingizning eng muqaddas vaʻʻdalaridan biri demokratiya tamoyillarini himoya qilish, zulm va istibdoddan ozod qilishdir", - dedi Varadkar.

Bundan tashqari, Irlandiya bosh vaziri Isroilning 1,5 mln falastinlik boshpana topgan Rafahga quruqlikdan hujum qilish toʻgʻrisidagi shoshilinch qarorini bekor qilishga chaqirdi. 

Mavzuga aloqador