29.01.2024 10:08

Iordaniyada AQSh bazasiga dron hujumi uyushtirildi: asosiy maʻʻlumotlar va bayonotlar

Iordaniyaning Suriya bilan chegarasida dron orqali amalga oshirilgan hujumda 3 nafar AQSh askari halok boʻldi va eng kamida 34 nafari jarohatlandi. Jo Bayden hujumda bevosita Eronni aybladi. Asosiy maʻʻlumotlar va bayonotlar.

Iordaniya shimoli-sharqida, Suriya chegarasi yaqinida joylashgan AQSh kuchlariga uchuvchisiz uchish apparati (dron) hujumi oqibatida uch amerikalik harbiy halok boʻldi, kamida 34 nafari jarohatlandi. Asosiy maʻʻlumotlar va bayonotlar.

AQSh prezidenti Jo Bayden:

"Biz buni Suriya va Iroqda faoliyat yuritayotgan Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlangan radikal jangarilar amalga oshirganini bilamiz".

AQSh Markaziy qoʻmondonligi:

Iordaniyadagi hujum qurbonlari soni 34 nafarga etdi va bu raqam oʻzgarishini kutmoqdamiz.

8 yarador askarni Iordaniyadan yuqori darajadagi tibbiy yordamga oʻtkazdik va ularning ahvoli barqaror".

Sobiq prezident Donalʻd Tramp:

“Iordaniyadagi kuchlarimizga qilingan hujum mamlakatimiz uchun dahshatli kun hamda Baydenning zaifligi va taslim boʻlishining qoʻshimcha fojiali natijasidir”.

Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Xeyli:

"Agar Bayden ularga qarshi kurashda ojiz boʻlmaganida, Erondagi dushmanlarimiz kuchlarimizga hujum qilmagan boʻlardi. Biz bor kuchimiz bilan zarba berishimiz kerak va bu keyingi urushning oldini olishning yagona yoʻli".

Reuters Iordaniyadagi yuqori martabali xavfsizlik manbasiga asoslanib:

“Iordaniya yaqinda Vashingtonni Iroq va Suriya bilan chegaralarida Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan jangarilarga qarshi mudofaa tizimini kuchaytirish zarurligi haqida ogohlantirgan. Shuningdek, Amerikadan ilgʻor yordam va jihozlarni soʻragan”.

Eron axborot agentligi Eronning BMTdagi vakiliga tayanib:

“Tehronning mintaqadagi AQSh qoʻshinlariga qarshi hujumlarga aloqasi yoʻq”.

Bloomberg

AQSh amerikalik harbiylar oʻlimidan soʻng Eron bilan toʻgʻridan‑toʻgʻri konfrontatsiyaga kirishishi mumkin.

Eron TIV:

Mintaqada qarshilik koʻrsatuvchi guruhlar Erondan falastinliklarni qanday qoʻllab-quvvatlash, oʻzini va xalqini har qanday tajovuzdan himoya qilish boʻyicha buyruq olayotgani yoʻq.

Biz sionistik rejimning Falastin xalqiga qarshi hujumlari tufayli mintaqadagi mojarolar koʻlamini kengaytirish xavfi haqida bir necha bor ogohlantirganmiz.

Eronga qarshi asossiz ayblovlarning takrorlanishi Amerikani mintaqadagi yangi urushga tortishdan manfaatdor boʻlganlarning fitnasidir.

Al Jazeera

Iordaniya Amerika kuchlariga uchuvchisiz samolyot zarbasi Iordaniya hududida emas, Suriya chegarasidagi al-Tanf bazasiga amalga oshirilganini aytdi.

 

Mavzuga aloqador