18.04.2024 07:36

Iordaniya qiroli Isroilga yordam berganini oqlashga urindi

Iordaniya qiroli Abdulloh Ikkinchi Isroilga Eron raketalarini yoʻq qilishda yordam berganiga izoh berdi. Iordaniya rahbarining soʻzlariga koʻra, u oʻz mamlakati urush teatriga aylanishini istamaydi va oʻz xavfsizligini taʻʻminlash maqsadida Eron raketalarini yoʻq qilgan.  

Iordaniya qiroli Abdulloh Ikkinchi Isroilga Eron raketalarini yoʻq qilishda yordam berganiga izoh berdi, deb xabar qilmoqda Arab News.

Iordaniya rahbarining soʻzlariga koʻra, u oʻz mamlakati urush teatriga aylanishini istamaydi va Eron raketalarini yoʻq qilishda Iordaniya oʻz xavfsizligini taʻʻminlash majburiyatini olgan. Bu Isroilga yordam berish istagi bilan hech qanday aloqasi boʻlmagan suveren davlatning qarori boʻlgan.

Bundan sal oldin Berlinda nemis hamkasbi bilan uchrashuvda Iordaniya tashqi ishlar vaziri Ayman Safadi xalqaro eʻʻtiborni Gʻazo sektoridan chalgʻitmaslikka, uni Isroil va Eron oʻrtasidagi mojaroga oʻtkazmaslikka chaqirdi.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan hafta oxirida Eron Damashqdagi Eron konsulligining Isroil tomonidan bombardimon qilinishi va 13 nafar eronlik harbiylar halok boʻlgan hujumga javoban Isroil harbiy obʻʻektlariga zarbalar berdi. 300 dan ortiq uchuvchisiz uchoq, qanotli va ballistik raketalarning aksariyati Isroil hududiga etib bormasidan urib tushirilgan.

Urib tushirilgan Eron raketa va dronlarning bir qismi Iordaniya hissasiga toʻgʻri keladi. Jumladan, Iordaniya malikasi, Qirollik harbiy-havo kuchlari uchuvchisi Salma Eron hujumi kuni oltita uchuvchisiz uchoqni urib tushirganini maʻʻlum qildi

Mavzuga aloqador