Iordaniya Isroilga quruqlikdan yuk tashish loyihasiga aloqadorligini rad etdi
Avvalroq Isroil oʻz yuklarini BAA, Saudiya Arabistoni va Iordaniya orqali quruqlikdan olib oʻtayotgani xabar qilingan edi.
Iordaniya Transport, sanoat va savdo vazirligi BAA, Saudiya
Arabistoni va Iordaniya hududi orqali Isroilga quruqlikdan yoʻl ochilgani haqidagi xabarlarni rad
etdi.
Iordaniyaning “Petra”
axborot agentligi vazirlik bayonotiga
asoslanib, Qizil
dengizdan Dubay portlari orqali Isroilga yuklarni etkazib berishning “muqobil
quruqlik yoʻli” haqidagi maʻʻlumotlar “mutlaqo yolgʻon” ekanini maʻʻlum qildi.
Nashrning hukumatdagi manbalari “bu ayblovlar rad etilgan va
Isroilning shafqatsiz agressiyasi fonida Gʻazo sektorida sodir boʻlayotgan voqealar
boʻyicha Iordaniyaning qatʻʻiy pozitsiyasini chalkashtirib yuborishga moʻljallangan”, deb taʻʻkidladi.
Avvalroq Isroilning Walla sayti Fors koʻrfazidan BAA, Saudiya
Arabistoni va Iordaniya orqali Isroilga olib boruvchi quruqlikdagi transport
yoʻnalishining sinov operatsiyasi muvaffaqiyatli boshlangani haqida xabar bergan edi.
Logistika koʻprigi Yamandagi
xutiy isyonchilari Isroilga yoʻl olgan barcha kemalarning Qizil dengizdan oʻtishini taqiqlagani sababli
Suvaysh kanaliga muqobil boʻlishi uchun moʻljallangan.
Isroil matbuotidagi maʻʻlumotlarga koʻra, birinchi oʻnta yuk
mashinasi Fors koʻrfazidan Isroilga yangi yoʻlak boʻylab muvaffaqiyatli yoʻl olgan.
Isroil matbuoti yangi quruqlik koridori yahudiy davlati
hukumati tomonidan tasdiqlanganini daʻʻvo qilmoqda. Shu bilan birga, u Suvaysh
kanali orqali oʻtadigan yoʻnalishga nisbatan yuklarni etkazib berish muddatini 80
foizga qisqartirishi kutilmoqda. Yuk mashinalari Fors koʻrfazidan Isroilgacha boʻlgan
masofani ikki kunu bir necha soatda bosib oʻtgani aytilmoqda.