Boshqirdistonda faolning qamalishi ommaviy noroziliklarga sabab boʻldi
Boshqirdistonda Fail Alsinov ekstremizmda ayblanib 4 yilga qamalishi ortidan minglab mahalliy aholi norozilik bildirib chiqdi. Politsiya va fuqarolar oʻrtasida toʻqnashuvlar kelib chiqdi, aholiga qarshi koʻzdan yosh oqizuvchi gaz va shovqinli granatalardan foydalanildi. Fail boshqird tilidagi nutqlaridan birida markaziy osiyoliklarni «kara xalyk» deb atab, ularning oʻz yurtlariga ketishlarini talab qilgan.
Boshqirdistonning
Baymak shahrida ekofaol Fail Alsinov ekstremizmda ayblanib 4 yilga qamalishi
ortidan minglab mahalliy aholi norozilik bildirib chiqdi.
Mahalliy
aholining sud hukmiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari politsiya bilan
toʻqnashuvlarga ulanib ketdi. Politsiya namoyishchilarga qarshi koʻzdan yosh
oqizuvchi gaz va shovqinli granatalardan foydalangan.
Alsinov
2023 yilning oktyabrida qoʻlga olingan edi. Unaga qarshi jinoyat ishi esa 28 aprelʻ
kuni Boshqirdistonning Baymak tumani Ishmurzino qishlogʻida boʻlib oʻtgan xalq
yigʻilishidagi nutqi tufayli qoʻzgʻatildi. Tergov maʻʻlumotlariga koʻra, u boshqird tilidagi
nutqi davomida "Kavkaz aholisi", "Markaziy Osiyo" va
«Armanlar» soʻzlarini salbiy maʻʻnoda qoʻllagan. Jumladan, Alsinov oʻz nutqida
"armanilar oʻz vatanlariga, “qora xalqlar” («kara xalyk» - markaziy
osiyoliklar nazarda tutilmoqda – tahr.)
oʻz yurtlariga, ruslar oʻzlarining Ryazanlariga, tatarlar oʻz Tataristoniga ketsin",
degan.
Rus
matbuoti maʻʻlumotlariga koʻra, unga qarshi jinoyat ishi respublika rahbari Radiy
Xabirovning topshirigʻi bilan qoʻzgʻatilgan.
11 yanvarʻ
kuni boʻlib oʻtgan sud majlisida davlat ayblovi suddan Alsinovni toʻrt yilga
koloniyaga hukm qilishni soʻragan, shundan soʻng Boshqirdistonda ekofaolni himoya
qilish harakatlari boshlangan.
Fail
Alsinov - Boshqirdistondagi mashhur faollaridan. U respublikadagi koʻplab
norozilik namoyishlarida qatnashgan. U, shuningdek, Boshqirdiston suverenitetini
himoya qiluvchi «Bashkort» milliy tashkilotini boshqargan (2020 yilda tashkilot
«ekstremistik» deb eʻʻlon qilingan, keyin esa tugatilgan).