19.12.2023 20:18

Rossiya armiyasidagi askar sonini 1,5 mln nafarga etkazilishi maʻʻlum qilindi

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu kelajakda Rossiya armiyasidagi askarlar soni tashqi tahdidlarga mutanosib ravishda 1,5 mln nafarga etkazilishini aytdi.

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Moskvada prezident Vladimir Putin ishtirokidagi Mudofaa vazirligi masʻʻul xodimlarining kengaytirilgan yigʻilishida mamlakat armiyasi askarlari soni 1,5 mln nafarga etkazilishini maʻʻlum qildi.

Prezident Putinning Rossiya armiyasidagi askarlar sonini 1 mln 320 ming nafarga etkazish toʻgʻrisidagi qarorni imzolaganini eslatgan Shoygu: “Kelajakda Rossiya qurolli kuchlaridagi askar soni tashqi tahdidlarga mutanosib ravishda 1,5 mln nafarga etkaziladi”, - dedi.

RF mudofaa vazirining soʻzlariga koʻra, armiya va flotni askarlar bilan taʻʻminlash boʻyicha reja toʻliq bajarilib, ular soni 1 mln 150 ming nafarga etkazilgan.

“Har kuni 1,5 mingdan ortiq fuqaro muddatli harbiy xizmatni oʻtash uchun hujjat topshiryapti. Birgina joriy yilning oʻzida 490 mingga yaqin kontrakt va koʻngilli harbiy xizmatchilar xizmatga olindi”, — dedi Shoygu. Shu bilan birga, uning soʻzlariga koʻra, "4 mingdan ortiq rossiyalik talabalar ixtiyoriy ravishda akademik taʻʻtilga chiqdi va jangovar vazifalarni bajarmoqda" va chet ellik koʻngillilar soni etti baravar koʻpaygan.

Mavzuga aloqador