Ilhom Aliev muddatidan oldingi prezident sayloviga nomzodini qoʻyadi
Ozarbayjoning amaldagi prezidenti Ilhom Aliev 2024 yil 7 fevralda boʻlib oʻtadigan muddatidan oldingi prezidentlik saylovlarida hukmron “Yangi Ozarbayjon” partiyasidan nomzod boʻladi.
Bu haqda partiya
raisi oʻrinbosari Tair Budagov maʻʻlum qildi, deya xabar beradi Ozarbayjon
matbuoti.
Unga koʻra, prezidentlikka nomzod “Yangi Ozarbayjon” boshqaruvi yigʻilishida
koʻrsatiladi.
Budagovning aytishicha, uchrashuv vaqti yaqin kunlarda eʻʻlon
qilinadi.
7 dekabrʻ kuni Ilhom Aliev Ozarbayjonda 2024 yil 7 fevralda muddatidan
oldingi prezidentlik
saylovlarini oʻtkazish
toʻgʻrisidagi farmonni imzolagan edi.