18.01.2024 13:31

Isroillik tarixchi sionistik loyiha tanazzulining besh alomatini sanab berdi

Isroillik tarixchi, Britaniyaning Ekseter universiteti professori va Evropa Falastin tadqiqotlari markazi direktori Ilan Pappe sionistik loyiha oxiriga etayotganiga ishora qiluvchi beshta alomatni sanab oʻtdi.

Isroillik tarixchi, Britaniyaning Ekseter universiteti professori va Evropa Falastin tadqiqotlari markazi direktori Ilan Pappe 13 yanvarʻ kuni Hayfa shahrida boʻlib oʻtgan simpoziumda ishtirok etdi.

U oʻz nutqida "sionistik loyiha oxiriga etayotganiga" ishora qiluvchi beshta alomatni sanab oʻtdi. Shuningdek, Falastin ozodlik harakatini Suriyada, arab dunyosining boshqa mamlakatlarida va Shimoliy Afrikada boʻlgani kabi uzoq vaqt tartibsizlik hukm surmasligi uchun yuzaga kelgan boʻshliqni toʻldirishga chaqirdi.

Olim Ilan Pappe sionistik loyihaning tanazzulga uchrashining birinchi alomati sifatida “oʻtgan yilning 7 oktyabrigacha Isroil yahudiy jamoasidagi dunyoviy va diniy lagerlar oʻrtasidagi fuqarolar urushi”ni tilga oldi.

Ikkinchi alomat -  Falastin global miqyosda misli koʻrilmagan darajada qoʻllab-quvvatlanmoqda va aksariyat hamdardlar harakati ishtirokchilarining "Janubiy Afrikadagi aparteid (irqiy ayirmachilik – tahr.) rejimini yoʻq qilishda hal qiluvchi rolʻ oʻynagan aparteidga qarshi kurash modelini qabul qilishga tayyorligi".  

Uchinchi alomat iqtisodiy omil bilan bogʻliq. U " [puli] borlar va yoʻqlar oʻrtasidagi eng yuqori farqni oʻz ichiga oladi..." (Azon Global izohi: 2023 yilda Isroil HAMASga qarshi kurash uchun 53 mlrd dollar (198 mlrd shekel) sarfladi. Urush Isroil byudjetiga kuni 260 mln dollarga tushmoqda. Bundan tashqari, 350 min zaxiradiga harbiylarning chaqirilishi, 100 falastinlik ishchining Isroil hududiga kirishi taqiqlangani natijasida mamlakat iqtisodi katta zarar koʻrmoqda. Turizm sektori ham qariyb faoliyatini toʻxtatgan).

Toʻrtinchi koʻrsatkich sifatida "Isroil kuchlarining halok boʻlgan va yaralangan yahudiylarning oilalariga yordam bera olmagani va 7 oktyabrdan keyin shimoldan koʻchirilgan 120 ming yahudiy qochqinni himoya qila olmagani" keltiriladi.

Professorning soʻzlariga koʻra, oxirgi alomat, oʻtmishdan farqli oʻlaroq, Isroilning navbatdagi Xolokost va antisemitizm toʻlqinlaridan himoya qilish qobiliyatiga ishonmaydigan yangi avlod yahudiylarining (ayniqsa AQShda) munosabatiga tegishli.

Britaniyaga kelishidan oldin Pappe Isroilda tarixchi va siyosatchi sifatida faoliyat koʻrsatgan. U bir qancha kitoblar, jumladan “Er yuzidagi eng katta qamoqxona: bosib olingan hududlar tarixi” va “Falastinning etnik tozalanishi” asarlari muallifi muallifi. Uning asarlari savdosi keskin oshganiga qaramay, Gʻazo qirgʻini paytida koʻplab nashriyotlar Pappe bilan shartnomalarini bekor qildi. Oʻz vatanida esa olimni "dunyodagi eng bemaʻʻni tarixchilardan biri" deb ayblashdi.

Pappening soʻzlariga koʻra, Isroil oʻz siyosati uchun emas, balki oʻzining mavjudligi uchun lobbichilik qilayotgan dunyodagi yagona davlatdir. Uning taʻʻkidlashicha, isroilning asosiy vazifasi arab davlatlarini kuzatishdan iborat. AQSh va Buyuk Britaniyaning asosiy maqsadi esa mintaqaning energetika resurslaridan foydalanishdir.

Uning fikricha, sionistik loyiha boshidanoq muvaffaqiyatsizlikka mahkum boʻlgan mustamlakachi loyihadir. Chunki u faqatgina muammo va nizolarni keltirib chiqaradi. Biroq yashashi uchun imkon qadar koʻproq hayotni olishga harakat qilayotgandek tuyuladi.

AQSh va boshqa aqldan ozgan odamlar ularning qonli bayramlariga qoʻshilishlari uchun bankrot boʻlishadi. Sababi “muvaffaqiyatsiz biznes”ga juda koʻp pul, vaqt va kuch sarflashmoqda.

Netanʻyaxu hukumati allaqachon savollarni koʻtarib chiqarayotgan va norozilik namoyishlarida qatnashayotgan isroilliklarning ovozini oʻchirish va chetlashtirish bilan shugʻullanmoqda. Norozilar "davlat dushmani", qoʻporuvchi kuchlar deb eʻʻlon qilinmoqda. Oxir-oqibat ular kuzatuv ostiga olinmoqda yoki siyosiy mahbuslar - falastinliklarga qoʻshilmoqda.

Isroil qoʻshinlarining Gʻazoga bostirib kirishi va Falastin aholisining qirgʻin qilinishi Gitler armiyasi tomonidan Sharqiy Evropa davlatlarini oʻziga xos shafqatsizlik va vahshiylik bilan qul qilib olganining barcha belgilariga ega. Muammo shundaki, Gʻazodagi falastinliklarning genotsidi koʻp asrlik isroilliklarga nisbatan nafrat va qarama-qarshilikni keltirib chiqaradi. Benʻyamin Netanyaxu mamlakatni jar yoqasiga olib keldi. Bu dunyoda qolgan yagona aparteid etnodavlat tanazzulining boshlanishidir.

Mavzuga aloqador