22.12.2023 12:08

Hindiston 4 yoshgacha bolalar uchun baʻʻzi yoʻtal siroplarini taqiqladi

Hindistonda 2019-2020 yillarda kamida 12 bola ushbu aralashmalarni oʻz ichiga olgan siroplardan vafot etgan.

 uchun shamollash va yoʻtalni davolashda ishlatiladigan "xlorfeniramin maleat va fenilefrin aralashmasi" siroplari va tabletkalarini taqiqladi.

BBS maʻʻlumotlariga koʻra, taqiq 2022 yilda Gambiya, Oʻzbekiston, Indoneziya, Kamerun va Hindiston kabi baʻʻzi mamlakatlarda Hindistonda ishlab chiqarilgan yoʻtal siroplari tufayli eng kamida 141 bola halok boʻlganidan keyin kiritilgan.

Hindistonning Narkotik moddalarni nazorat qilish boshqarmasi (DCGI) shamollash va yoʻtal kabi kasalliklarni davolashda qoʻllaniladigan "xlorfeniramin maleat va fenilefrin aralashmasi" siroplari va tabletkalaridan 4 yoshgacha boʻlgan bolalarda foydalanish taqiqlanganini eʻʻlon qildi.

DCGI ishlab chiqaruvchilarni ushbu dorilar qutilariga "4 yoshgacha bolalar uchun foydalanish taqiqlanadi" iborasini qoʻyish majburiyatini yukladi.

Taʻʻkidlanishicha, Hindistonda 2019-2020 yillarda kamida 12 bola ushbu aralashmalarni oʻz ichiga olgan siroplardan foydalangani sababli vafot etgan.

Mavzuga aloqador