14.10.2024 16:48

Hindiston restoranlar uchun ochiqdan-ochiq islomofobik talab joriy qilindi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida restoranlar uchun barcha xodimlarning ism-shariflarini ommaga koʻrinarli joyga joylashtirish talabi joriy qilindi. Bu esa diniy jamoalar oʻrtasida tez-tez sodir boʻlib turadigan mojarolarda musulmonlarni osongina nishonga aylanishlariga xizmat qiladi. Ayrim restoranlar musulmon xodimlarining xavfsizligini oʻylab, ularni ishdan boʻshatishga majbur boʻlmoqda.

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida restoranlar uchun islomofoblar uchun ochiqdan-ochiq nishonga aylanish mumkin boʻlgan yangi talab joriy etildi. Endilikda ovqatlanish muassasalari ommaga koʻrinarli joyga oʻz xodimlarining ism-shariflarini toʻliq roʻyxat shaklida joylashtirishlari shart.

Hindistonda aholining ismlari va familiyalari insonning maʻʻlum bir dinga mansubligini aniq koʻrsatadi. Uttar-Pradesh shtatidagi restoran egalari ushbu yangi qoidalar tufayli musulmon ishchilarini ishdan boʻshatishga majbur boʻlganliklarini aytishdi, deb yozadi Islam News sayti The Guardian nashriga tayangan holda.

Muzaffarnagar shahridagi yoʻl boʻyidagi restoranning 45 yoshli egasi Muslim Rafiqning aytishicha, politsiya undan barcha ishchilarning ism-shariflarini yozib qoʻyishni talab qilganidan soʻng toʻrt nafar musulmon birodarini muassasadan ishdan boʻshatishga majbur boʻlgan.

"Men musulmon xodimlarimni ishdan boʻshatishga majbur boʻldim, chunki bu buyruqdan keyin ularning xavfsizligidan xavotirga tushdim - dedi u. – Chunki ismlarni eʻʻlon qilish bizni zaif va juda oson nishonga aylantiradi. Masalan, diniy jamoalar oʻrtasida tez-tez sodir boʻlib turadigan mojarolarda biz musulmonlar osongina taʻʻqibga duchor boʻlamiz”.

Rafiq va boshqa tadbirkorlarning fikricha, bu chora radikal hinduizm gʻoyalarini targʻib qiluvchi Yogi Aditʻyanatxa millatchi hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan musulmonlarni iqtisodiy boykot qilish siyosatining bir qismidir.

Mavzuga aloqador