Hindiston oʻz fuqarolari ishga yollash vaʻʻdasi bilan Rossiya armiyasiga jalb qilinganini bildirdi
Hindiston kamida 35 nafar fuqarosi ishga yollanish vaʻʻdasi bilan Rossiya armiyasiga jalb etilgani, maxsus harbiy tayyorgarlikdan soʻng Ukrainadagi urushga joʻnatilganini maʻʻlum qildi. Mamlakatning Moskvadagi elchixonasi ushbu fuqarolardan birining urushda halok boʻlganini bildirdi. Nepal ham 14 fuqarosi Rossiya armiyasi safida urushib, halok boʻlganini tasdiqladi.
Hindiston
Tashqi ishlar vazirligi oʻz fuqarolari ishga yollash vaʻʻdasi bilan Rossiya armiyasiga
jalb etilayotganini daʻʻvo qilmoqda.
Tashqi
ishlar vazirligi matbuot kotibi Randxir Jaysval oʻz vatandoshlarini Rossiya
armiyasida “yordamchi ishlarni” taklif qilayotgan vositachilarga «aldanmaslikka»
chaqirdi.
Diplomatning aytishicha, ular ish vaʻʻdasi bilan Rossiyaga jalb
qilingan oʻz fuqarolarini qaytarish boʻyicha Moskva maʻʻmuriyati bilan muzokaralar
olib bormoqdalar.
Avvalroq
ijtimoiy tarmoqlarda 20 nafar hindistonlik oʻz hukumatiga murojaat qilib,
turistik maqsadda Rossiyaga borgani va ular maxsus tayyorgarlikdan soʻng
Ukrainadagi urushga yuborilganini taʻʻkidlab, yordam soʻragani videosi tarqalgan
edi.
Payshanba
kuni Hindiston Markaziy tergov byurosi (MTB) kamida 35 hindistonlik agentlar
orqali Rossiyaga olib ketilganini eʻʻlon qildi.
SBI ular jangovar tayyorgarlikdan oʻtganliklarini va ularning
xohishlariga qarshi Rossiya-Ukraina urushiga joʻnatilganliklarini taʻʻkidladilar.
Hindistonning Moskvadagi elchixonasi Rossiya tomonida jang
qilgan bir hindistonlik fuqaro halok boʻlganini tasdiqladi.
Boshqa tomondan, Nepal Ukrainaga qarshi jangovar harakatlarda
qatnashish uchun tayyorgarlikdan oʻtgan 14 nafar fuqarosining oʻlimi haqida ham
maʻʻlumot oʻrtoqlashdi va Rossiya rasmiylaridan jangovar harakatlarda qatnashish uchun
oʻqitilgan yuzlab fuqarolarini ozod etishni talab qildi.