12.05.2025 06:02
205
HAMAS AQSh fuqarosini ozod qiladi
Bosqinchi isroilning Gʻazo sektoriga hujumlari davom etarkan, HAMAS AQSh-isroil fuqarosi Idan Aleksandrni ozod qilishini bildirdi. Hozircha u qoʻyib yuboriladigan aniq sana aytilmagan.
Muhimi shundaki, bu kelishuv toʻgʻridan-toʻgʻri Hamas va AQSh oʻrtasida imzolangan – isroil bu kelishuvda ishtirok etmagan.
Falastin qarshilik harakati amerikalik harbiy asir va yana 10 nafar yahudiy mahbusni ozod qilishi evaziga 70 kunlik otashkesim eъlon qilinishi mumkin.
Shu bilan birga chegaralar ochiladi, insonparvarlik yordami Gʻazoga kirishiga ruxsat etiladi va muzokaralar davom ettiriladi.
HAMAS, shuningdek, Qatar, Misr va Turkiyaga siyosiy va gumanitar yordami uchun minnatdorlik bildirgan.