03.06.2025 06:20
58

Haj mavsumida ilk bor "aqlli" qutqaruvchi drondan foydalaniladi

Hajda ilk bor "aqlli" qutqaruvchi dron ishga tushiriladi

Saudiya Arabistonida joriy yilgi haj mavsumida ilk bor Falcon nomli oʻt oʻchiruvchi va qutqaruvchi dron ishga tushiriladi. Bu haqda Arab News xabar berdi. 

Sunъiy intellekt bilan jihozlangan dron baland togʻlarda yoki chekkaroq hududlarda yongʻinlarni oʻchirish va qutqaruv ishlarini olib borishga moʻljallangan. U yuqori balandliklarda 12 soatgacha parvoz qilib, taxminan 40 kilogrammgacha yuk koʻtarishi mumkin.

Dron hodisa joyidan jonli efirga uzatish imkoniyatini ham beradi. Uning asosiy afzalliklari tezkor javob berish, xodimlar uchun xavfni kamaytirish va real vaqt rejimida tasvirga olish orqali qaror qabul qilish imkoniyatlaridan iborat.

Oldinroq, 2025 yilgi Haj mavsumi uchun Saudiya Arabistoniga xorijdan bir milliondan ortiq ziyoratchi kelgani haqida xabar bergandik. Hajga kelganlarning 53 foizi erkaklar, 47 foizi esa ayollardir.

Mavzuga aloqador