18.11.2024 15:08
Gollandiyalik yahudiy jurnalist: musulmonlar koʻproq kamsitilmoqda
Gollandiyalik yahudiy jurnalist Eva Prins Niderlandiya Evropada musulmonlarga qarshi kayfiyat (islomofobiya) eng koʻp tarqalgan davlatlardan biri ekani, ular yahudiylarga qaraganad koʻproq kamsitilishini maʻʻlum qildi. U yaqinda Amsterdamda sodir boʻlgan voqealarni yahudiylar boshlagani, biroq hukumat hodisani "antisemitizm" sifatida baholaganini taʻʻkidladi.
Gollandiyalik yahudiy jurnalist Eva Prins Evropa Ittifoqi tayanch huquqlar agentligining “Evropada musulmon boʻlish, musulmonlarning tajribalari” nomli hisobotiga tayanib, Niderlandiya Evropada musulmonlarga qarshi kayfiyat (islomofobiya) eng koʻp tarqalgan davlatlardan biri ekani, mamlakatdagi musulmonlar yahudiylarga qaraganda koʻproq kamsitilishini maʻʻlum qildi.
Niderlandiyada 30 yildan buyon mustaqil jurnalist boʻlib ishlayotgan Prinsning aytishicha, "Ayaks"-"Makkabi Tel-Aviv" oʻyini oldidan “Barcha arablarni oʻldir” va “Gʻazoda bolalar qolmadi” deya shiorlarni qoʻshiq qilib kuylagan isroillik muxlislar hujumga uchraganidan keyin hukumat hodisalarni "antisemitizm" deb baholab, musulmonlar va asli marokashliklarni nishonga olganini bildirgan.
Oʻta oʻng Gollandiya hukumati Isroilning Gʻazodagi genotsidini qoʻllab-quvvatlayotganini hamda Amsterdamdagi voqealardan musulmonlarga qarshi kayfiyatni kuchaytirish uchun foydalanayotganini taʻʻkidlagan Prins "Anadolu" bilan suhbatda voqealarni baholadi.
Niderlandiyadagi siyosiy vaziyatning tashvishli ekanini tilga olgan Prins "Anadolu" agentligi bilan suhbatda "Agar hozir Gollandiyada musulmon boʻlganimda oʻzimni xavfsiz his qila olmasdim. Antisemitizmning bu maqsadda qoʻllanilishi meni qattiq bezovta qilmoqda va shuning uchun ham ovozimni koʻtaraman." - dedi.
Jurnalistning fikricha, hozirda vaziyat yomonlashmoqda. Hukumat musulmonlarni jamiyatga etarli darajada moslashmayotganlikda ayblamoqda. Baʻʻzi tashkilotlar esa HAMAS tarafdori boʻlganlikda ayblanmoqda. Hukumat Isroilning Gʻazodagi genotsidini qoʻllab-quvvatlaydi. "Men parlamentdagi koʻpchilik buni qoʻllab-quvvatlayotganini aql bovar qilmaydigan holat deb bilaman." - dedi u.
Prins Amsterdam koʻchalarida irqchilik va genotsidni qoʻllab-quvvatlovchi shiorlar bilan aylanib yurgan isroillik bezorilardan oʻz noqulayligini bildirdi va “Instagramda bezorilarning “Barcha arablarni oʻldir”, "Gʻazoda maktab qolmadi, chunki bolalar qolmadi" deb baqirayotgani tasvirini koʻrganimda hayratda qoldim. Ular dahshatli gaplarni aytishdi”, - dedi u.
Prins oʻyinning ertasi kuni isroillik bezorilarning haddan tashqari ortiqcha harakatlarini qoralovchi xabarlar oʻrniga voqeaning "antisemitizm hujumi" sifatida tasvirlanganidan hayratda qolganini taʻʻkidladi.
"Bu qanday sodir boʻlishi mumkin? Bezorilar aytgan soʻzlarni qoralamaysizmi? dedim. Bildimki, baʻʻzi amsterdamliklar bu odamlarni koʻrishgan, ammo buning antisemitizmga aloqasi yoʻq edi. Isroillik bezorilar aynan ular qichqirganlari va qilganlari uchun hujumga uchraganlar", - dedi u.