Evropa Ittifoqida Niderlandiya etnik, Frantsiya diniy kamsitish boʻyicha etakchilik qilmoqda
Evrokomissiya tomonidan Evropa Ittifoqiga aʻʻzo 27 davlatdan 26 mingga yaqin kishi oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, qatnashuvchilarning 21 foizi oʻtgan yil davomida kamsitilgani yoki haqoratlanganini maʻʻlum qilgan. Teri rangi, etnik kelib chiqishi, yoshi va ijtimoiy-iqtisodiy holatiga koʻra kamsitish holatlari eng koʻp Niderlandiyada, eʻʻtiqodiga koʻra kamsitishlar esa Frantsiyada qayd etilgan. Bu borada Shvetsiya, Belʻgiya va Kipr ham yuqori oʻrinlarda.
Evropaliklarning
61 foizi teri rangi yoki etnik kelib chiqishiga koʻra kamsitishni jiddiy muammo deb
biladi. Evrokomissiya tomonidan Evropa Ittifoqiga aʻʻzo 27 davlatdan 26
mingga yaqin kishi oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrov natijalari shundan dalolat bermoqda.
Soʻrov hisob-kitoblariga
koʻra, Evropa Ittifoqi tomonidan kamsitishlarga qarshi kurash boʻyicha koʻp
yillik saʻʻy-harakatlar va keng qamrovli qonunchilikka qaramay, jamiyat
mamlakatlarida ijtimoiy tengsizlik va notoʻgʻri qarashlar bilan bogʻliq muammolar
saqlanib qolmoqda.
Hisobotda
oʻtgan yillarga nisbatan kamsitish holatlari koʻpaygani qayd
etilgan.
Soʻrovda qatnashganlarning 21 foizi oʻtgan yil davomida
kamsitilgani yoki
haqoratlanganini maʻʻlum qilgan. Terining rangi, etnik kelib chiqishi, yoshi va
ijtimoiy-iqtisodiy holati Evropada kamsitishning eng keng tarqalgan sabablaridan
ekani taʻʻkidlangan.
Evropa Ittifoqi mamlakatlari orasida etnik kamsitish eng koʻp
Niderlandiyada (82%), undan keyingi oʻrinlarda Frantsiya (77%), Italiya (75%),
Shvetsiya (73%) va Belʻgiyada (69%) qayd etilgan.
Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, Evropada kamsitish va bezorilik koʻpincha
jamoat yoki ish joyida sodir boʻladi.
Soʻrov
ishtirokchilarining 42 foizi oʻz mamlakatlarida diniy mansublik yoki eʻʻtiqodga koʻra
kamsitish keng tarqalgan deb hisoblaydi.
Frantsiya din va eʻʻtiqodga koʻra kamsitish umumiy muammo
sifatida qabul qilinadigan mamlakatlar orasida etakchilik qilmoqda. Ushbu
muammoni soʻrov ishtirokchilarining 66 foizi koʻrsatdi.
Keyingi oʻrinlarni Belʻgiya (60%), Shvetsiya (58%), Niderlandiya (54%) va Janubiy
Kipr Gretsiya maʻʻmuriyati (53%)
egallagan.