29.03.2024 09:25

Germaniyalik futbolchi Antonio Ryudigerning Ramazon tabrigi mojaroga sabab boʻldi

Madridning «Real» klubi va Germaniya terma jamoasi himoyachisi Antonio Ryudiger ijtimoiy tarmoqda obunachilarini Ramazon oyi bilan tabriklab, shahodat barmogʻini yuqoriga qaratib tushgan rasmini eʻʻlon qildi. Uning bu ishorasini jurnalist Julian Reyxelt terror tashkiloti aloqasi belgisi deb hisobladi. Futbolchi jurnalistni sudga berdi.

Madridning «Real» klubi va Germaniya terma jamoasi himoyachisi Antonio Ryudiger ijtimoiy tarmoqdagi obunachilarni Ramazon oyi kirib kelishi bilan tabriklagani ortidan mojaro markaziga tushib qoldi, deb yozadi Sport24 nashri.

Ryudiger tabriklari soʻzlari bilan birga etagi uzun oq libosda shahodat barmogʻini yuqoriga qaratgan holda tushgan suratini ham chop etdi. Jurnalist Julian Reyxelt bu ishorani futbolchining terror tashkiloti bilan aloqasi belgisi deb hisobladi.

OAVdagi tuhmatli bayonotlardan soʻng Ryudiger Reyxeltni haqorat, tuhmat hamda dinlararo nafrat va adovatni qoʻzgʻatishda ayblab, sudga berdi. Germaniya futbol assotsiatsiyasi sportchini qoʻllab-quvvatladi.

“Ramazon boshlanishi munosabati bilan men post eʻʻlon qildim. U 13 kundan beri jamoatchilikka ochiq boʻlib, hech kimning tanqidisiz bir necha million obunachilarni jalb qildi. Ammo soʻnggi kunlarda bu suratdan ayrim shaxslar asossiz ayblovlar qoʻyish uchun foydalanmoqda. Men ishlatgan imo-ishora islomda Allohning birligi va yagonaligini anglatadi. Bu imo-ishora butun dunyo musulmonlari orasida keng qabul qilinib, soʻnggi bir necha kun ichida Ichki ishlar vazirligi tomonidan muammo tugʻdirmasligi aniqlangan”, - deb yozdi futbolchi Bild nashriga.

Ryudiger musulmon sifatida oʻz diniga amal qilishi, lekin ekstremizmning har qanday turidan oʻzini qatʻʻiy uzoq tutishini taʻʻkidladi. “Zoʻravonlik va terrorizmni mutlaqo qabul qilib boʻlmaydi. Men tinchlik va bagʻrikenglik tarafdoriman. Oila aʻʻzolarim turli dinlarga mansub. Biroq, biz bir-birimizni hurmat qilamiz va diniy bayramlarni birga nishonlaymiz. Hurmat va bagʻrikenglik barchamiz oilamizda namoyon boʻladigan asosiy tamoyillardir”, - deya taʻʻkidladi u.

Shu bilan birga, futbolchi etarlicha eʻʻtibor berilmaganligi sababli, uchinchi shaxslarga boʻlinish va qutblanish uchun xabarini ataylab notoʻgʻri talqin qilish imkoniyatini berganini tan oldi.

Ammo men boʻlinish va radikallashuv uchun platforma taqdim etmayman, shuning uchun ikkita muvaffaqiyatli xalqaro oʻyinimizdan soʻng aniq bayonot berishga qaror qildim. Shu bilan birga, men oʻzimni haqorat qilish va kamsitishlariga ham yoʻl qoʻymayman. Shuning uchun shikoyat qilishga qaror qildim”, - deb yozdi u.

Antonio Ryudiger bu borada uni doim qoʻllab-quvvatlagan Germaniya futbol assotsiatsiyasiga minnatdorchilik bildirdi. 

Mavzuga aloqador