15.01.2024 14:28

Turk futbolida sionistik propaganda mojarosi avj oldi

Turkiyaning “Antalyaspor” klubida toʻp suruvchi isroillik futbolchi Sagiv Exezkel “Tarbzonsport” kludi darvozasiga gol urganidan soʻng kameraga “7 oktyabrdan beri 100-kun” yozuvi va bilagidagi Dovud yulduzini koʻrsatib, Isroilning Gʻazodagi genotsidini qoʻllab-quvvatlashini namoyon etdi. Keyinroq “Bashakshehir”da oʻynayotgan isroillik Eden Kartsev ham ham ijtimoiy tarmoqlarda “100 kun” soʻzi boʻlgan postni eʻʻlon qildi. Sportchilarning bu harakatlari qizgʻin muhokamalarga sabab boʻldi.

Turkiyaning «Antalyaspor» jamoasida toʻp surayotgan, asli yahudiy futbolchi Sagiv Exezkel kecha, 14 yanvarʻ kuni «Antalyaspor» - «Trabzonspor» uchrashuvida mezbonlar darvozasiga gol urganidan soʻng kameraga “7 oktyabrdan beri 100-kun” yozuvi va bilagidagi Dovud yulduzini koʻrsatib, Isroilning Gʻazodagi genotsidini qoʻllab-quvvatlashini namoyon etdi.

Isroillik futbolchining bu harakati turk jamoatchiligining keskin munosabatiga sabab boʻldi. Keyinchalik isroillik futbolchi Sagiv Exezkel Antaliyada qoʻlga olindi. 15 yanvarʻ kuni esa uning ustidan sud majlisi boʻlib oʻtdi va mamlakatdan deportatsiya qilish toʻgʻrisida qaror chiqarildi.

Uning ortidan Turkiyaning boshqa bir futbol klubi - «Bashakshehir»da oʻynayotgan isroillik Eden Kartsev ham ham ijtimoiy tarmoqlarda “100 kun” soʻzi boʻlgan postni eʻʻlon qilib, Isroilning Gʻazo sektoriga hujumini qoʻllab-quvvatladi. Uning ushbu posti ham ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining shiddatli munosabatiga sabab boʻldi. Bundan tashqari, futbolchining klubi Eden Kartsevga nisbatan intizomiy surishtiruv boshlanganini malum qildi.

Isroil tomonining munosabati

Isroil mudofaa vaziri Turkiyaning isroillik futbolchini nafrat uygʻotganlikda ayblab hibsga olishini “gʻazabni keltiradigan va ikkiyuzlamachilik” deb atadi. Uning fikricha, Turkiya “oʻz harakatlari bilan HAMASning ijrochi qoʻli vazifasini oʻtamoqda”.

Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben Gvir esa Turkiyaning isroillik futbolchilarga munosabati natsizm bilan bogʻladi. Oʻta oʻngchi isroillik siyosatchi Turkiya prezidentini “haqiqiy natsist” deb atadi.

Ben Gvir vatandoshlarini “Turkiyaga sayohat qilmaslikka, turk mahsulotini xarid qilmaslikka va Turkiyaga moliyaviy yordam bermaslikka” chaqirdi.

Isroil Tashqi ishlar vazirligi esa Sagiv Exezkel bugun vataniga qaytishi kerakligini eʻʻlon qildi. Isroil Tashqi ishlar vazirligi Turkiya “insonparvarlik va sport qadriyatlariga qarshi ishlaydigan qorongʻu diktaturaga” aylanganini qoʻshimcha qildi. Isroil TIV rahbari xalqaro sport tashkilotlari Turkiyani sodir boʻlgan voqea uchun jazolashi kerakligiga ishonch bildirdi.

Mavzuga aloqador