Germaniyada musulmonlar manfaatini himoya qiluvchi yangi partiya tashkil etildi
Germaniyada maqsadi ozchilik musulmonlar manfaatlarini himoya qilishdan iborat boʻlgan “Xilma xillik va uygʻonish uchun demokratik alʻyans” (DAVA) nomli yangi siyosiy partiya paydo boʻldi.
Germaniyada maqsadi ozchilik musulmonlar manfaatlarini himoya
qilishdan iborat boʻlgan “Xilma xillik va uygʻonish
uchun demokratik alʻyans” (DAVA) nomli yangi siyosiy partiya paydo boʻldi.
TRT`ning
nemis nashrlariga
tayanib yozishicha, Evroparlamentga saylovlarda qatnashishni rejalashtirayotgan partiyaning potentsial
saylovchilari soni 5
million kishi boʻlishi mumkin.
Bild gazetasi
Turkiya etakchisi Rajab Toyyib Erdoʻgʻanning Germaniyada yashovchi turklar orasida
katta mashhurligi tufayli bu partiyaning Turkiya bilan qandaydir aloqalari boʻlishi
mumkinligi haqida maqola chop etdi.
Uyushmaning oʻzi esa turk partiyalari bilan aloqasi yoʻqligini taʻʻkidlab, DAVA chet
eldan yordam olmasligini taʻʻkidladi.
Partiya rahbariyatida toʻrt nafar siyosatchi ‑ gamburglik shifokor, “HAMAS va tegishli
tashkilotlarni qoʻllab-quvvatlagani uchun” Ichki ishlar vazirligi roʻyxatiga tushgan Mustafo Yoʻldosh,
Quyi Saksoniyadan
shifokor Ali Ihsan Unlu, Zolingenlik
huquqshunos Fotih Zingal hamda uyushma rahbari, inson huquqlari faoli, 30 yil
davomida Germaniya Sotsial-demokratik partiyasining aʻʻzosi boʻlgan Teyfik Oʻzjan oʻrin egallagan.
Ular, jumladan, kelib chiqishi chet ellik
boʻlgan shaxslar kvartira topish va ishga kirishda jiddiy muammolarga duch
kelayotganini inobatga olib, ularga barcha zarur huquqlar toʻliq berilishini talab
qilishmoqda.
2023 yil iyunʻ oyida musulmonlarga qarshi nafrat nutqiga qarshi
kurash boʻyicha mustaqil ekspertlar kengashi nemis jamiyatida musulmonlarga qarshi
irqchilik va islomofobiya keng tarqalgani haqida hisobot eʻʻlon qildi.
Nashrning yozishicha, Germaniyada musulmonlar koʻpincha begonadek
qabul qilinadi va Germaniyaning taxminan har ikkinchi aholisi musulmonlarga qarshi
bayonotlarga qoʻshiladi. Hisobot mualliflari Germaniyadagi musulmonlar “eng zaif
ozchiliklardan biri” degan xulosaga kelishgan.
Tadqiqotda ekspertlar islomofobiya sabab boʻlgan koʻplab
jinoyatlar rasmiy statistika doirasidan tashqarida qolayotganini taʻʻkidladi.