13.03.2025 07:47
253

Gʻazoga koʻz tikkanlar: uni qayta tiklamoqchi boʻlayotganlar oʻzi nimani istashyapti?



Kuni kecha Dohada AQSh prezidentining Yaqin Sharq boʻyicha maxsus vakili Brett Uitkoff Saudiya Arabistoni, Qatar, BAA, Iordaniya va Misr tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashdi.

Muzokaralarda Gʻazo sektorini tiklash boʻyicha arab rejasini amalga oshirish, uni boshqarish uchun maъmuriy qoʻmita tuzish va tiklanish jarayonini tezlashtirish mexanizmlari muhokama qilindi.

Mazkur uchrashuvda Falastin Ozodlik Tashkiloti Ijroiya qoʻmitasi bosh kotibi Husayn ash-Shayx hamda Qatar va Misr vakillari ham ishtirok etdi.

Rasmiylarning taъkidlashicha, tiklash rejalari Gʻazoda vayron boʻlgan uylar, maktablar, kasalxonalar va boshqa muhim infratuzilmani qayta qurishga qaratilgan. Iqtisodiy sharoitlarning yaxshilanishi ijtimoiy barqarorlikka ijobiy taъsir koʻrsatishi aytib oʻtilgan.

Bevosita AQShning koʻmagi va harbiy qoʻllovi evaziga vayronaga aylangan Gʻazoni qayta tiklash ortidan qanday manfaatlar koʻzlanganligi tushunarli. Biroq, fojealar markaziga aylantirilgan Falastin erlari hanuz tahdid ostida. 

Ularni avval xarobaga aylantirib, soʻngra oʻz shartlari bilan tiklashga urinayotganlarning asl niyatlari tobora shubhali koʻrinmoqda. Gʻazo xalqi oʻz mustaqil kelajagini oʻzi belgilash huquqiga ega va bu huquqni hech bir siyosiy manfaat poymol qilmasligi kerak.

Mavzuga aloqador