15.04.2024 11:26

Gʻazoda halok boʻlganlar soni 33,7 mingdan oshdi

Isroilning qamaldagi Gʻazo sektorida 6 oy davomida olib borgan hujumlari natijasida 33,7 mingdan ortiq falastinlik halok boʻldi, 76,3 mingdan ortiq kishi jarohatlandi.

Isroilning Gʻazo sektoridagi hujumlari qurbonlari soni 33 729 kishiga etdi. Olti oy davom etgan bosqinchilik natijasida 76 371 kishi tan jarohati oldi. Yangi maʻʻlumotlarni kecha ishgʻol ostidagi Gʻazo Sogʻliqni saqlash vazirligi taqdim etdi.

Vazirlik maʻʻlumotlariga koʻra, soʻnggi 24 soat ichida yana 43 nafar aholi halok boʻlgan, 62 nafari yaralangan.

Shuningdek, halok boʻlganlarning jasadlari hamon vayron boʻlgan binolar vayronalari ostida va yoʻl chetlarida qolayotgani qayd etilgan. Tez yordam va fuqaro mudofaa guruhlari Isroil kuchlarining toʻsiqlari tufayli ularga etib bora olmayapti.

Keng koʻlamli hujumlar HAMASning 1200 isroillik halok boʻlgan “Aqso toʻfoni” operatsiyasidan soʻng boshlangan. Gʻazo sektorida 130 ga yaqin isroillik - asirga olingan harbiylar va garovga olinganlar qolmoqda

Mavzuga aloqador