12.02.2025 10:15
Gʻazo milliarder sayyohlar uchun emas, balki Falastin xalqi uchun - AQSh senatori
AQSh senatori Berni Sanders prezident Donalьd Trampning Gʻazo haqidagi bayonotiga keskin munosabat bildirdi. Uning taъkidlashicha, Gʻazo milliarder sayyohlar uchun emas balki Falastin xalqi uchun tiklanishi kerak.
Sanders dushanba kuni ijtimoiy tarmoqdagi postida Trampning Gʻazo haqidagi soʻzlarini tanqid qildi. Uning taъkidlashicha, Gʻazo mojarosi 47 mingdan ortiq falastinlikni oʻldirgan va 111 mingdan ortiq kishini jarohatlagan.
Senatorning fikricha, Tramp "Gʻazoning kelajakdagi koʻchmas mulk sifatida rivojlanishi uchun falastinliklarni majburan chiqarib yuborish" niyatida. U buni keskin qoralab, Gʻazo faqat falastinliklar uchun tiklanishi kerakligini taъkidladi.
Tramp 25 yanvardan buyon falastinliklarni Gʻazodan qoʻshni davlatlarga – Misr va Iordaniyaga deportatsiya qilish rejasini faol ravishda taklif qilib kelmoqda. Biroq bu davlatlar uning taklifini rad etgan. Ularning pozitsiyasini boshqa arab davlatlari mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar ham qoʻllab-quvvatlagan.