10.07.2024 13:37
668

G’azo bombardimon ostida: 278-kunning asosiy voqealari

Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 278 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Xon Yunis, Nuseyrat lageri, Shujaya hududi va Gʻazo markaziga hujum qildi. Bir kunda 50 dan ortiq odam halok boʻldi. Urush boshlanganidan buyon 38243 kishi shahid boʻldi.

▪️Bosqinchilarning Xon-Yunisdagi koʻchirilganlar joylashgan maktabga hujumi natijasida qurbonlar soni 31 kishiga etdi, ularning yarmi bolalar. Bu soʻnggi 4 kun ichida odamlar boʻlgan maktablarga qilingan toʻrtinchi hujumdir.

▪️Falastin Qizil Yarim Oy jamiyati: Ekipajlarimiz oʻqqa tutilishining jadalligi ortgani tufayli Gʻazodagi oʻnlab favqulodda qoʻngʻiroqlarga javob bera olmayapti.

▪️Husiylar: Arab dengizi va Adan koʻrfazida Amerika va Isroilning ikkita kemasiga qarshi 3 ta operatsiya oʻtkazdik.

▪️Evropa Ittifoqi rahbari: Xon Yunis maktabidagi portlash uchun javobgarlar javobgarlikka tortilishi kerak.

▪️BMT: Isroilning qasddan Falastin xalqini ochlikdan oʻldirish kampaniyasi Gʻazoda ommaviy ocharchilikka olib kelgan genotsid zoʻravonligining bir turidir.

▪️Ozod qilingan falastinlik mahbus Muzaz Obayat: Bosqinchi vazir Ben-Gvir 4 dekabrʻ kuni Ofer qamoqxonasiga tashrif buyurdi va u erda tanam ustidan oʻtib, meni haqorat qildi.

Mavzuga aloqador