04.01.2024 11:25

Garvardning sobiq rahbari: meni “N” deb atab, oʻlim bilan tahdid qilishdi

Garvard universitetining sobiq rahbari OTM hududida Falastinni qoʻllab oʻtkazilgan aktsiyalar ortidan haqorat va oʻlim tahdidlariga uchraganini bildirdi.

Garvard universitetining sobiq prezidenti Klodin Gay universitetda Falastin-Isroil urushi boʻyicha soʻz erkinligini yoqlagani ortidan Kongressda koʻrsatma berganidan soʻng elektron pochta orqali oʻldirish tahdidlarini olgani, koʻp marotaba “N”* deb atalganini bildirdi, deya xabar berdi Reuters agentligi.

Gey bu haqda chorshanba kuni, Garvarddagi yahudiy jamiyati hamda Kongress bosimi, shuningdek, uning ilmiy faoliyatiga oid ayblovlar ortidan isteʻʻfoga chiqqaridan bir kun oʻtib New York Times gazetasida eʻʻlon qilingan maqolasida maʻʻlum qildi.

“Mening feʻʻl-atvorim va aql-zakovatim soʻroq qilindi. Antisemitizmga qarshi kurashga sodiqligim shubha ostiga olindi. Pochta qutim haqoratlar, jumladan, oʻlim tahdidlari bilan toʻlib ketdi. Meni koʻp marta “N” (ing. “N-word” – evfemizm, haqorat oʻrnida qoʻllaniladigan nigger soʻzi oʻrnida ishlatiladi) deb atashdi”, - deb yozdi u "Garvardda sodir boʻlgan voqea mendan kattaroq" sarlavhali maqolasida.

Eslatib oʻtamiz, 5 dekabrʻ kuni Klodin Geydan tashqari Pensilʻvaniya universitetining sobiq rektori Elizabet Magill va Massachusets texnologiyalar instituti prezidenti Salli Krblut AQSh Vakillar palatasi aʻʻzolari qarshisida ushbu OTMLarda talabalar oʻrtasida Isroilning Gʻazodagi hujumlariga qarshi kayfiyat kuchaygani sababli koʻrsatma bergan edi. Ushbu tinglovdan soʻng Isroil lobbisi Pensilʻvaniya universiteti rahbari Elizabet Magillni ishdan boʻshatishga erishdi. 

Mavzuga aloqador