Garri Kasparov Rossiyaning terroristlar roʻyxatiga kiritildi
Shaxmat boʻyicha 13-jahon chempioni Garri Kasparov terrorist va ekstremistlar roʻyxatiga kiritildi. Tegishli qaror Rosfinmonitoring tomonidan 6 mart kuni qabul qilindi.
Oʻtgan
yilning dekabrʻ oyida Moskvaning Xamovnicheskiy tuman sudi shaxmatchini chet el
agentlari toʻgʻrisidagi qonunni buzgani uchun 30 ming rublʻ miqdorida jarimaga
tortgan edi. Sport karʻerasini yakunlagan shaxmatchi 2023 yilning may oyida
Rossiyaning chet el agentlari jismoniy shaxslari reestriga kiritilgan.
“Terrorist
va ekstremistlar” roʻyxatiga kiritilganidan soʻng banklar shaxmatchining hisob
raqamlari va mablagʻlarini muzlatishi lozim. Shuningdek, uni Rossiyada besh yilgacha qamoq
jazosi kutmoqda.
2023 yil
oxirida Rossiya IIV Kasparov va uning sherigi Ivan Tyutrinning Ukraina Qurolli
Kuchlarida jang qilayotgan rossiyalik koʻngillilarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha kim
oshdi savdosi bilan bogʻliq harakatlarida “jinoyat belgilari”ni topdi. Kim oshdi
savdosi Kasparov va Tyutrin 2016 yilda Rossiya Federatsiyasidagi mavjud siyosiy
rejimga intellektual muqobil yaratish maqsadida asos solgan “Ozod Rossiya forumi”
tomonidan tashkil etilgan. 2023 yil fevralʻ oyida Rossiya Adliya vazirligi forumni
istalmagan tashkilotlar roʻyxatiga qoʻshdi.
Kasparov
2014 yilda Xorvatiya fuqaroligini olgan.