15.12.2023 17:26

Evropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 12-sanktsiya paketini kelishib oldi

Evropa Ittifoqi etakchilari cheklov choralarini joriy etishning asosiy muxoliflaridan biri Avstriya kantsleri Karl Nexammer yoʻqligida 12-sanktsiya paketi boʻyicha kelishib oldi. Avvalroq Avstriya hukumati yangi sanktsiyalarni bloklagan edi.

“Evropa Kengashi 12-sanktsiya paketining qabul qilinishini olqishlaydi”, — deyiladi yakuniy bayonotda.

Reuters maʻʻlumotlariga koʻra, yangi sanktsiyalar paketiga 1 yanvardan boshlab Rossiya nosanoat olmoslarini olib kirishni toʻgʻridan-toʻgʻri taqiqlash, martdan esa uchinchi mamlakatlardan olmos olib kirishni bosqichma-bosqich taqiqlash ham kiritilgan boʻlishi kerak. Shuningdek, nashrga koʻra, yakuniy versiyada banklar va Rossiya yuridik yoki jismoniy shaxslari 100 ming evro (109,9 ming dollar) miqdoridagi pul oʻtkazmalari haqida EIning tegishli milliy nazorat organlarini xabardor qilishlari shart boʻlgan talab kiritilgan. 12-sanktsiyalar toʻplamining yakuniy versiyasi EIning rasmiy jurnalida hali eʻʻlon qilingani yoʻq.

Diplomatik manbalarga koʻra, paket matni shu hafta boshida barcha davlatlar bilan kelishilgan, biroq Avstriya 14 dekabrʻ, payshanba kuni oxirigacha (Bryusseldagi EI sammitining birinchi kuni) hujjatni yakuniy tasdiqlashdan oʻzini tiygan. Reuters xabariga koʻra, Avstriya 12-sanktsiya paketini tasdiqlash evaziga Raiffeisen Bank International`ni Ukrainaning “qora roʻyxati”dan chiqarishga uringan. Raiffeisen hanuzgacha Ukrainaning "urush homiylari xalqaro roʻyxati"da koʻrinmoqda.

Avvalroq yangi sanktsiyalar toʻplami “Rossiyaning qurol ishlab chiqarishda qoʻllaniladigan komponentlar, texnologiyalar va elektronika vositalariga kirish huquqiga ega boʻlgan uchinchi davlatlar orqali mavjud taqiqlarni chetlab oʻtish qobiliyatiga putur etkazishga” qaratilgani aytilgandi.

Mavzuga aloqador