Gʻarb mamlakatlarining koʻpchiligi uzoq vaqt davomida Falastinning bosib olinishi bilan bogʻliq masalalarni eʻʻtibordan chetda qoldirib keldi. Koʻpchilik davlatlar neytral boʻlishni afzal koʻrsa, boshqalar Falastin xalqiga qilingan tuhmatlarga ishonib qoldi. Isroilning Gʻazoga qarshi shafqatsiz urushi esa gʻarb boʻylab Falastin xalqi musibatlariga nisbatan loqaydlikka chek qoʻydi – Al-Jazeera muxbiri Usmon Muqbilning maqolasi oʻzbek tilida.

Gʻarb mamlakatlarining koʻpchiligi uzoq vaqt davomida Falastinning bosib olinishi bilan bogʻliq masalalarni eʻʻtibordan chetda qoldirib keldi. Ishgʻol haqidagi maʻʻlumotlar yillar davomida faqat yilda bir bor xabarlarda eslanib, yana unutilib ketaverdi. Bu juda “murakkab” jarayon boʻlib, har ikki tomondan vaziyatni yaxshi tushunganlar bundan ozor chekdi. Koʻpchilik davlatlar neytral boʻlishni afzal koʻrsa, boshqalar Falastin xalqiga qilingan tuhmatlarga ishonib qoldi.

Ammo, soʻnggi olti oy mobaynidagi mojarolarda yaqqol sezilib qolgan shafqatsizlikning koʻlami va jiddiyligi Falastin ahlining chekayotgan azob-uqubatlariga nisbatan bildirilayotgan loqaydlikka chek qoʻydi.

Al-Jazeera va falastinlik jurnalistlarining ommaviy axborot vositalarida xabarlarni uzluksiz va keng qamrovli ravishda, hadiksiz yoritib borishi insonlarning koʻzini ochdi. Shuningdek, Gʻazo va Falastinning qolgan qismidagi holatning haqiqiy tabiatini ochib berdi.

Gʻazoda faoliyat yurituvchi hamda Buyuk Britaniyadagi siyosatchilarga taʻʻsir koʻrsatadigan etakchi nodavlat tashkilotlardan biri boʻlgan “Insoniylik uchun harakat” dasturida YouGov tomonidan soʻrovnoma oʻtkazildi, unda hozirda Buyuk Britaniyaning 56 foizi Isroilga qurol eksportini toʻxtatish tarafdori ekani aniqlandi. Faqatgina 17 foizi qarshi va qolganlari betarafdir.  Bu juda ham katta miqdor. Biz koʻp yillar davomida Suriya va Yamandagi urushlar boʻyicha jamoatchilik orasida soʻrov oʻtkazib kelamiz.  Unga koʻra Buyuk Britaniya jamoatchiligi hech qachon veqeliklardan bu qadar atroflicha xabardor boʻlmagan va unga ishtiyoq bilan qaramagan. Bundan tashqari, soʻrovnoma ishtirokchilarining 59 foizi Isroil Gʻazoda inson huquqlarini buzayotganini aytishgan. Bu har besh kishidan uchtasiga toʻgʻri keladi. Atigi 12 foizi esa bunday deb hisoblamagan. Shunisi eʻʻtiborga loyiqki, ushbu soʻrov 1 aprelʻ kuni “World Central Kitchen”ning yordamchi xodimlari oʻldirilishidan oldin oʻtkazilgan. Bu vahshiylik butun dunyoni, hatto Buyuk Britaniya va AQSh hukumatini ham larzaga soldi. Hozirda koʻpchilik bu voqeani qoralayotgani sababli, aksar insonlar sodir etilayotgan dahshatlarni tushunib, dushmanlarga sherik boʻlib qolishni istamaydi. YouGov tomonidan oʻtkazilgan boshqa soʻrovlar shuni koʻrsatadiki, Gʻazoga qarshi urush qanchalik koʻp davom etsa, oʻt-ochishni toʻxtatish tarafdorlari shunchalik koʻpayishi ehtimoli katta (noyabrda 59 foiz boʻlgan koʻrsatkich fevralda 66 foizga koʻtarilgan). Shunday qilib, koʻp odamlar Gʻazoga qilingan hujum asossiz degan fikrni ilgari surmoqda (Noyabrdagi 44 foizdan fevralda 45 foizga koʻtarildi). Shuningdek, tinchlik muzokaralari tarafdorlari anchayin koʻpayib bormoqda (bu koʻrsatkich noyabrda 61 foizdan fevralda 66 foizga koʻtarilgan). Bu butun Gʻarb dunyosida aks etayotgan voqeliklarga oynadir. Isroilning global miqyosdagi eng katta qoʻllab-quvvatlovchisi boʻlgan Qoʻshma Shtatlarda nafaqat Oq uy maʻʻmuriyati tinch aholi oʻlimining ortib borayotgan sonini oqlashga vaj topolmayapti, balki jamoatchilik ham bunga qarshi norozilik bildirmoqda. CBC/YouGov oʻtkazgan soʻrovnoma shuni koʻrsatadiki, oktabr oyida amerikaliklarning 47 foizi Isroilga qurol-yarogʻ yuborishni qoʻllab quvvatlagan boʻlsa, hozirda  bu koʻrsatkich  32 foiz, yaʻʻni umumiy aholi soninin atigi uchdan bir qismini koʻrsatmoqda. Shu orqali oʻt ochishni toʻxtatish tarafdorlari ortib bormoqda.

Fikrimizcha, bu holat butun gʻarb mamlakatlarida sodir boʻlmoqda. Gʻarb jamoatchiligining katta qismi Gʻazo, Gʻarbiy sohil va Quddusda sodir etilayotgan insoniyatga qarshi jinoyatlardan tobora koʻproq xabardor boʻlib bormoqda. Hatto Gʻazodagi koʻplab tinch aholi oʻlimini maqbul deb oʻylagan odamlar ham sodir boʻlayotgan voqealarni biror narsa bilan oqlab boʻlmasligini tushuna boshladilar. Ammo, afsuski, Gʻarb hukumati siyosatchilari oʻz xalqining his-tuygʻularini nazardan chetda qoldirmoqda. Bu nafaqat axloqiy jihatdan mutlaqo notogʻri, balki siyosiy nuqtai nazardan ham uzoqni koʻra bilmaslikdir.

2024 yil “saylovlar yili” boʻldi, muayyan davr mobaynida dunyo aholisining 49 foizi saylovlarda ishtirok etdi. Garchi siyosatchilar oʻzlarining vijdoniga qarshi ravishda, jamoatchilikning Gʻazoda inson huquqlari buzilishining qoʻllab-quvvatlanishidan norozi ekanligini tushunib etishmayapti, natijada ular saylovlarni qoʻldan boy berishlari mumkin.

Koʻpchilikning fikricha Buyuk Britaniyada Leyboristlar partiyasi keyingi hukumatni tuzadi. Jamoatchilik Isroilni qurollantirishni toʻxtatishga chaqirmoqda, Leyboristlar esa bu harakatlarning ortida turibdi . Biroq, oʻtkazilgan tadqiqot shuni koʻrsatadiki, Leyboristlarga ovoz berishni rejalashtirganlarning 71 foizi Buyuk Britaniya ham Isroilni moliyalashtirishni toʻxtatishi kerak deb hisoblaydi.

Gʻarb davlatlari yillar davomida falastinliklarga qarshi zoʻravonliklarni qoʻllab-quvvatlab kelgan. Bu masala jamoatchilikning loqaydligi yaʻʻni sodir boʻlayotgan voqealarga eʻʻtiborsizligi hamda yolgʻonlarga aldanib qolgani tufayli yuzaga kelgan. Isroilning Gʻazoga qarshi olib borayotgan dahshatli buzgʻunchilik harakati sabab endilikda, bu kabi masalalarga chek qoʻyildi. Insoniyat, har qanday shaklda, hamma joyda yaxshilikka intilib kelgan. Aksariyat odamlar tinchlik va adolatga ishonadi. Ular begunohlarni oʻldirish notoʻgʻriligini bilishadi. Hozirda butun dunyo Gʻazoga yuzlanib, falastinliklar qanday gʻayritabiiy, juda ham ogʻir vaziyatlarga chidashga majbur boʻlayotganini koʻrib turibdi. Bu xunrezliklar bundan ortiq davom etishini hech kim istamaydi.

Usmon Muqbil, Al-Jazeera muxbiri

Mavzuga aloqador