15.02.2025 06:30
689

Gʻarb brendlariga boykot: restoranlar va korporatsiyalarning daromadi keskin kamaymoqda





Musulmon mamlakatlarida Gʻarb brendlariga qarshi boykot ularning daromadlarini keskin kamaytirmoqda. Isteъmolchilar Isroilni qoʻllab-quvvatlaganlikda gumon qilingan kompaniyalar mahsulotlaridan voz kechmoqda.

Boykotning taъsiri

Eng katta zarar koʻrgan kompaniyalardan biri Amerisana Restaurants boʻldi. 2024 yilda uning foydasi 39% ga kamayib, 158,8 million dollarni tashkil qildi. Yaqin Sharq va Osiyodagi isteъmolchilar ushbu kompaniya tarkibiga kiruvchi restoranlarga bormay qoʻyishgan.

Qaysi brendlar boykot qilinmoqda?

Taъkidlanishicha, isteъmolchilar Coca-Cola, KFC, Starbucks, Mondelez va Pizza Hut kabi brendlarni ham boykot qilmoqda.

Boykotning sababi

Ijtimoiy tarmoqlar va faol tashkilotlar Gʻazodagi urushni tugatish uchun Isroilga bosim oʻtkazish maqsadida bu brendlarning mahsulotlaridan voz kechishga chaqirmoqda.

Korporatsiyalar qanday chora koʻrmoqda?

Amerisana Restaurants hisobotida BAAda yangi restoranlarning ochilishi va korporativ soliqlar sababli amortizatsiya ortishi qayd etilgan. Ammo, tahlilchilarga koʻra, boykot kompaniya daromadlarining pasayishida asosiy omil boʻlib qolmoqda.

Mutaxassislar bu boykotni soʻnggi yillardagi eng yirik iqtisodiy qarshilik harakati deb baholashmoqda. Bu transmilliy korporatsiyalarga jiddiy moliyaviy yoʻqotishlar keltirishi kutilmoqda.

Mavzuga aloqador